AQSh Respublikachilar partiyasi Donald Trampni prezidentlikka nomzod etib tanladi.
Ogayo shtatida partiya qurultoyi o’tmoqda. Yuzlab delegatlar turli usullar bilan uni nomzodlikdan ayirish uchun so’nggi kungacha harakat qilgan edi.
Vakillar Palatasi spikeri Pol Rayan Tramp raqiblaridan uch karra ko’proq ovoz olganini aytmoqda. Nomzodlik Trampga tekkani haqidagi e’lon gulduros qarsaklar bilan qarshi olindi.
Respublikachilar uning atrofida birlashamiz deyayotgan bir paytda, anjuman tashqarisida o’tayotgan namoyishlardan ayonki, Trampga qarshilik ham kuchli, jumladan respublikachilar orasida.
Oq uy uchun harakat qilib, poygada boy bergan siyosiy arboblar Ben Karson va Nyu-Jersi shtati gubernatori Kris Kristi so’zga chiqib, Hillari Klintonni tanqid qildi.
“Klinton prezident bo’lsa, Obama rahbarligi ostida biz guvoh bo’lgan mag’lubiyatlar takrorlanadi”, - deydi Kristi.
Kelasi hafta Demokratik partiya syezdida Hillari Klinton ham prezidentlikka nomzodlikni rasman qabul qilishi kutilmoqda.