Breaking News

Iroq armiyasi Ramadini jangarilardan tozalashga ahd qilmoqda


Iroq xavfsizlik kuchlari Ramadida
Iroq xavfsizlik kuchlari Ramadida

Iroq kuchlari Ramadi shahrida davlat idoralari majmuasini "Islomiy davlat" jangari guruhidan tortib olish uchun yana bir hujumga hozirlanmoqda.

Majmua yetti oy oldin terrorchilar qo'liga tushgan edi. Uning atrofiga minalar terib chiqilgani aytilmoqda. Bu esa vazifani qiyinlashtirishi mumkin. Minalarni portlatish uchun havodan zarbalar berilmoqda.

Iroq armiyasining bildirishicha, "Islomiy davlat" xudkush bombachilar, bombali qopqonlar, snayperlarni ishga solmoqda, aholidan jonli qalqon sifatida foydalanmoqda. Hududda qancha odam qolgani ma'lum emas. Aksariyati yaqin atrofdagi kasalxonada yashiringani aytilmoqda.

Ramadi may oyida jangarilar nazoratiga o'tgan edi. Armiya uni bir necha kun ichida qaytarishga umid qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG