Inson huquqlari bo’yicha yetakchi xalqaro tashkilot “Human Rights Watch” Buxoro viloyatida kechgan sudni qoralab, 4 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Bobomurod Razzoqovni hibsdan ozod etishga chaqirmoqda.
60 yoshli dehqon va faol Razzoqov, deyiladi tashkilot chiqargan bayonotda, soxta ayblovlar asosida qamoqqa olingan va aynan huquq himoyasi yo’lida jonbozlik ko’rsatgani uchun nishonda.
“Ezgulik” inson huquqlari jamiyatining Buxorodagi yetakchi vakili bo’lgan bu shaxs 10-iyul kuni huquq-tartibot organlari tomonidan olib ketilgan. Unga odam savdosi bilan shug’ullanganlik aybi qo’yilgan. Bu jinoiy ish 26-avgustdan beri sudda edi. 24-sentabr kuni uzatilgan ma'lumotga ko'ra, ayblanuvchi 4 yillik qamoqqa mahkum etilgan.
Mustaqil huquqbonlar, amaldagi siyosatni tanqidga olib, adolat talab qilganlarga qarshi asossiz jinoiy ishlar ochib, sudlash O’zbekistonda birinchi marta kuzatilayotgani yo’q, deya bildiradi “Human Rights Watch”.
Tashkilot Amerika va Yevropa Ittifoqini hamkor davlat rahbariyatini “bu begunoh insonni erkinlikka chiqarishga chaqiring” deya undamoqda.
Karimov ma’muriyati tanqidchilarga nisbatan bosimni bas qilib, erkinlik va oshkoralikni ta’minlasin, deyiladi “Human Rights Watch” bayonotida.
“Razzoqov azaldan korrupsiya va mansabni suiiste’mol qilish hollariga qarshi kurashib kelgan”,- deydi Stiv Sverdlov, tashkilotning Markaziy Osiyo bo’yicha eksperti.
Uning nazarida Razzoqov qo’rqmas va dadil harakati uchun jazolanmoqda.
“O’zbekistonda bunday adolatsizliklarni avval ham ko’rganmiz”, - deydi u.
“Ezgulik” inson huquqlari jamiyati O’zbekistonda bu borada ish yuritadigan va ro’yxatdan o’tgan yagona mustaqil tashkilot. Razzoqov xorijiy matbuot bilan hamkorlik qilgan va mahalliy hokimiyatdagi yulg’ichlik va mas’uliyatsizlik hollarini ko’tarib chiqqan.
Ma’lumotlarga ko’ra, Razzoqovdan bir ayol shikoyat qilgan. Hujjatlarda juvon uni fohishalikka majburlagan odamning hamkori deb tasvirlagan.
So’nggi paytlarda Razzoqov organlar tomonidan tazyiq kuchaygani, inson huquqlari bobida olib borayotgan faoliyatiga ko’proq to’sqinlik qilishayotgani xususida aytgan edi. Safdoshlari fikricha maqsad uni qo’rqitish va ovozini o’chirish. Shu sabab unga qarshi "jinoiy ish” uyushtirilgan.
O’zbekistonda o'nlab huquq faollari, jurnalistlar va muxolifatchilar panjara ortida. Ularning hammasi hukumatga qarshi gapirgani uchun shu holga tushganini aytadi.
“Human Rights Watch” singari tashkilotlar uzoq yillardan beri respublika rahbariyatini repressiyada ayblab, uning siyosatini savolga tutganlarni erkinlik kurashchilari deb atab keladi.
O’zbekistonning G’arbdagi hamkorlari, xususan AQSh va Yevropa Ittifoqi mamlakatdagi vaziyatni og’ir deb hisoblaydi va prezident Islom Karimovni demokratik islohotlar qilishga va fuqaro erkinliklarini ta’minlashga undab keladi.
Xalqaro tashkilotlar nazarida chaqiriqlarning o’zi yetmaydi va konkret choralar ko’rilishi kerak. Siyosiy erkinliklarni bo'g’ib, O’zbekiston o’z xalqaro majburiyatlarini ado etmayapti, deydi huquq himoyachilari.