Breaking News

Dunyoda qochqinlar ko'paygan


Turkish military use water cannon to stop Syrian refugees as they wait behind the border fences to cross into Turkey, near Akcakale in Sanliurfa province, Turkey, June 10, 2015. REUTERS/Osman Orsal TPX IMAGES OF THE DAY - RTX1FX37
Turkish military use water cannon to stop Syrian refugees as they wait behind the border fences to cross into Turkey, near Akcakale in Sanliurfa province, Turkey, June 10, 2015. REUTERS/Osman Orsal TPX IMAGES OF THE DAY - RTX1FX37

Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochqinlar bilan ishlovchi agentligiga ko'ra, urush, zo'ravonliklar, ta'qiblar natijasida uyini tashlashga majbur bo'lgan odamlar soni dunyoda keskin ko'paygan.

Boshqarmaning so'nggi hisobotida aytilishicha, 2014-yil oxiriga qadar salkam 60 million odam shunday ahvolda qolgan. Bu 2013-yilga qaraganda sakkiz millionga, 10 yil oldingiga qaraganda esa 20 millionga ko'p.

Qochqinlarning katta qismi Suriyadan. Bunga 2011-yildan beri davom etayotgan fuqarolar urushi sabab. Afrika, Osiyo va Yevropada ham shu ahvol. Hisoblarga ko'ra, o'tgan yili kuniga o'rtacha 42 yarim ming odam mojaro sabab uyini tashlab chiqishga majbur bo'lgan.

BMTning qochqinlar masalalari bo'yicha oliy komissari Antonio Guterresning aytishicha, dunyo bugun alg'ov-dalg'ov.

"Tashkilotimizda bu muammo bilan shug'ullanish uchun resurslar yetishmaydi", - deydi u.

Dunyodagi har 122 odamdan biri boshqa mamlakatga qochgan yoki o'z mamlakatida sarson.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG