Xalqaro diniy erkinlik bo’yicha AQSh komissiyasi (USCIRF) bugun dunyoda bu boradagi vaziyatni achinarli deb baholaydi. Ikki omil qayd etiladi: diniy ekstremizm va avtoritar hukumatlarning repressiv siyosati.
Komissiya bu yili ham AQSh hukumatiga O’zbekistonni “alohida tashvishga molik” davlatlar ro’yxatida qoldirishni tavsiya qilmoqda.
E’tiqodni qattiq cheklaydigan davlatlar ro’yxati bir necha yildan beri deyarli o’zgarmagan. Unda O’zbekistondan tashqari Birma, Xitoy, Eritreya, Eron, Shimoliy Koreya, Saudiya Arabistoni va Sudan bor.
Xalqaro diniy erkinlik bo’yicha AQSh komissiyasi nazarida yana yetti mamlakat, jumladan Tojikiston va Turkmaniston ham ular qatoridan joy olishi kerak.
Mustaqil komissiya AQSh prezidenti, davlat kotibi va Kongressga muntazam ravishda hisobot va maslahat berib turadi. Jamiyatlardagi diniy muhitga baho berayotganda xalqaro standartlar, xususan BMT konvensiyalari asos qilib olingan.
Maqsad - mana, hukumatlarning o’z fuqarolariga nisbatan munosabatini ko’ring, o’sha davlat bilan aloqa qilayotganda buni hisobga oling, deb Obama ma’muriyatiga uqtirish.
2013-yilgi hisobot mualliflaridan biri, komissiyaning yetakchi mutaxassisi Keti Kosman “Amerika Ovozi” bilan suhbatda deydiki, so’nggi yillarda Markaziy Osiyo bo’ylab e’tiqodni keskin nazorat qilishga qaratilgan qonun va qarorlar qabul qilindi.
O'ZBEKISTON
Masalan, O’zbekistonda diniy guruhlar birlasha olmaydi, ro’yxatdan o’tish nihoyatda qiyin, o’tmaslik esa jinoyat. Ekstremist deb ko’rilgan guruhlar taqiqlanishi, ularning mutaassib deb tamg’alangan a’zolari 20 yilgacha qamoqqa tashlanishi mumkin, deyiladi hisobotda.
“O’zbekison ekstremizmga doir mujmal qonunlar vositasida minglab taqvodorlarni qamayotgani, fundamental huquqlar sistematik ravishda buzilayotgani sabab bu yili ham alohida tashvishga molik davlatlar ro’yxatida qolishini tavsiya etdik”, - deydi Kosman xonim.
O’zbekiston bu kategoriyaga ilk bor 2006-yilda kiritilgan, ammo Saudiya Arabistoni qatorida sanksiyalardan vaqtincha ozod etilgan.
Huquqbonlar nazarida Vashington O’zbekistondagi o’ta xarob ahvolga panja orasidan qarashiga asosiy sabab - Afg’oniston. U yerdagi xalqaro qo’shinlarga yuk eltadigan Shimoliy Ta’minot Tizimining muhim nuqtasi bu o’lka.
TOJIKISTON
Tojikistonda ham e’tiqod erkinligi nomiga ta’minlangan xolos. Davlat iznida bo’lmagan har qanday diniy faoliyat ayovsiz jazolanadi. Repressiv choralardan nafaqat musulmonlar, balki boshqa din vakillari ham jabr tortayotgani qayd etiladi.
TURKMANISTON
Turkmaniston 2007-yilgi islohotlarga qaramasdan haliyam eng yopiq va e’tiqod erkinligi bo’yicha eng past bahoga loyiq davlatlardan hisoblanadi. Ro’yxatdan o’tgan va o’tmagan tashkilotlar xavsizlik kuchlari tomonidan muntazam taftish ostida. Diniy faoliyatga doir 2003-yilgi repressiv qonun o’zgarishsiz qolmoqda.
QOZOG’ISTON
Qozog’istonda ham din ahliga tazyiqlar kuchaygan. 2011-yilda qabul qilinib, ko’p tanqidlarga sabab bo’lgan qonun natijasida rasman ro’yxatdan o’tgan guruhlar soni keskin kamaydi. Bu o’lkada ham hujjatsiz ishlash jinoyat.
QIRG’IZISTON
AQSh komissiyasining bildirishicha, Qirg’izistonda e’tiqod erkinligi bilan bog’liq ahvol 2009-yilgi qonun qabul qilinganidan keyin salbiy tomonga o’zgara boshladi.
Yangi diniy tashkilot ro’yxatdan o’tishi uchun avval 10 a’zoning roziligi kifoya bo’lsa, hozir 200 dan kam bo’lmasligi, statistika va idoralari hamda prokuraturaga moliyaviy hisobot uzatilishi shart deb belgilangan.
Hukumat kutubxonalardagi diniy adabiyotlarni tekshiruvdan o’tkazish huquqiga ega, agar xorijdan keltirilgan bo’lsa xavfsizlik xizmati tomonidan ham tekshiriladi.
Xalqaro diniy erkinlik bo’yicha AQSh komissiyasi hisobotlariga odatda mintaqa davlatlari munosabat bildirmaydi. Rasmiylar savolga tutilganda, tuzum dunyoviy ekani eslatiladi va mutaassiblikning oldini olish uchun zarur choralar ko’rilmoqda degan qabilda javob beriladi.