Breaking News

Eronda amerikalik jurnalist ustidan sud boshlandi


Jeyson Rizoyan
Jeyson Rizoyan

Tehronda josuslikda ayblanayotgan amerikalik jurnalist Jeyson Rizoyan ustidan sud boshlandi. Jarayon yopiq tartibda o'tmoqda. Davlat matbuotiga ko'ra, ishni inqilobiy sud ko'rmoqda.

"Vashington Post" gazetasining muxbiri o'tgan yili iyulda hibsga olinib, bir necha oy rasmiy ayblovsiz yoki advokatsiz qamoqda ushlab turilgan. O'shandan beri u advokat bilan faqat bir bor ko'rishgan. U josuslik va Eronga qarshi targ'ibotda ayblanmoqda.

Rizoyanning akasi Alining matbuotga aytishicha, unga qarshi dalil bo'lmagani uchun sud yopiq tarzda o'tmoqda.

"Vashington Post" va AQSh Davlat departamenti Eron hukumatidan muxbirni ozod etishni bir necha bir so'ragan.

Rizoyan 2012-yildan beri "Vashington Post"ning Erondagi muxbiri edi. U o'tgan yil 22-iyulida rafiqasi va yana ikki odam bilan hibsga olingan edi. Yagona Solihiy ham jurnalist. Uni ozod etishdi, biroq turmush o'rtog'i qamoqda qoldirildi. Rizoyan AQSh va Eron fuqarosi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG