Breaking News

"Ozodlik"ning Bokudagi muxbirlari ishini davom ettiradi


"Ozodlik"ning Bokudagi idorasini ichki ishlar xizmati bosdi. 26-dekabr, 2014-yil.
"Ozodlik"ning Bokudagi idorasini ichki ishlar xizmati bosdi. 26-dekabr, 2014-yil.

Ozarbayjonda hukumat bosimi va do'q-po'pisaga qaramasdan "Ozodlik" radiosi Bokudagi ishini davom ettiradi, deydi xizmatning rahbari.

Kenan Aliyev "Amerika Ovozi" bilan suhbatda radio ishida qiyinchiliklar serob ekanini aytadi.

Ozarbayjon ichki ishlar xizmati o'tgan hafta "Ozodlik"ning idorasini tintuv qilib yopgan, xodimlarini so'roq qilgan edi.

Aliyevning aytishicha, bu voqea Ozarbayjon qonunlariga mutlaqo ziddir.

Rasmiy Boku hozircha bu borada jim.

Advokatlarimiz hukumatdan izoh talab qilayapti, deydi Aliyev. Muxbirlar advokatlar kelmasidanoq so'roq qilingan, bu esa qonunlarga zid. Ayrim jurnalistlar uyidan tutib olib ketilgan. Ba'zilariga tahdidlar qilingan.

Og'ir sharoitga qaramay, Bakudagi muxbirlar uyidan ishini davom ettiradi, deydi "Ozodlik"ning Ozarbayjondagi idorasi rahbari.

Amerika Davlat departamenti Ozarbayjon hukumatini inson huquqlari, matbuot erkinligini e'zozlashga da'vat etayapti.

"Ozodlik"ning Bokudagi ofisi tintuv qilinib yopilgan.
"Ozodlik"ning Bokudagi ofisi tintuv qilinib yopilgan.

"Ozodlik" radiosi xodimlari prokuraturada so'roq qilingan. Prokuratura radioni yopish uchun suddan order bor, degan.
"Ozodlik" radiosi xodimlari prokuraturada so'roq qilingan. Prokuratura radioni yopish uchun suddan order bor, degan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG