AQSh prezidentining xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi Syuzan Rays Qo’shma Shtatlar inson huquqlari himoyasida sobit qolishini ta’kidlamoqda. Ammo global maydonda shunday hollar bo’ladiki, bu vazifani to’la bajarish oson emas, deya tan oladi u.
Nyu-Yorkda joylashgan “Human Rights First” huquq tashkiloti anjumanida so’zlar ekan, Syuzan Rays demokratiya va inson huquqlari targ’iboti AQSh tashqi siyosatida birlamchi ekanini eslatdi.
Xotin-qizlar va ozchilikdagi guruhlar haq-huquqlari, e’tiqod va so’z erkinligi himoyasi; oshkora boshqaruv va fuqaro jamiyatini qo’llab-quvvatlash – o’zgarmas yo’nalishlar, deydi rasmiy.
Lekin ba’zida davlat xavfsizligi va demokratik targ’ibot katbi ikki mushkul vazifadan birini tanlashga to’g’ri keladi.
“Haqiqatni tan olish kerak. Biz e’zozlagan huquqlarni poymol etadigan hukumatlar bilan ishlashga majburmiz. Bu biz uchun o’ta murakkab qaror”, - deydi Syuzan Rays.
AQSh rahbari maslahatchisi, jumladan, BMT idoralari bilan hamkorlikda erishilgan muvaffaqiyatlarni sanab o’tdi. Fil Suyagi Qirg’og’ida zo’ravonlikka chek qo’yilgani, Birmada demokratik tizim tomon harakatlar shular jumlasidan.
Huquqni qo’pol tarzda buzayotgan hukumatlar qatorida Rays Eron, Suriya, Eritreya, Zimbabve, Shimoliy Koreya va Sudanni sanab o’tdi.
Yaqinda Eronning yadro dasturini jilovlashga doir diplomatik g’alabaga erishildi, lekin bu o’lkada huquq bobida oldinga siljish bo’ladimi-yo’qmi, bu ham bir sinov, deya qayd etadi Rays.
“Biz Tehronni BMT maxsus vakilini mamlakatga kiritishga chaqiramiz. Huquq oyoq osti qilingani uchun qo’yilgan sanksiyalar joyida qoladi. Eron xalqini qo’llab-quvvatlash siyosatimiz o’zgarmaydi. Ular rahbarlari kabi global tarmoqda o’z fikrlarini erkin bildirishga haqli”.
Vashington eng yaqin iqtisodiy hamkori Xitoy bilan ham fuqaro erkinliklari to’g’risida ochiqchasiga gaplashib kelmoqda.
“Xalq rahbarlarni korrupsiya, ekologik muammolar, mehnatkashlar va iste’molchilar huquqi bobida savolga tuta olmas ekan, muammolar qolib ketaveradi, jamiyat taraqqiy topmaydi. Qonunni hurmat qilaylik degani uchun fuqarolarni qamashda davom etsangiz, Xitoyda hech kim o’zini xavfsiz his eta olmaydi, jumladan amerikalik tadbirkorlar ham”, - deydi Syuzan Rays.
Oq uy rasmiysi Rossiyadagi ahvolga ham to’xtalib, bu davlatda adolat onda-sonda va keragida qo’llanadi, poraxo’rlik va tanish-bilishchilik iqtisodni barbod qilmoqda, deydi.
“Kreml fuqaro jamiyatini bo’g’ish uchun sistematik kampaniya olib borayapti, o’zgacha hayot tarzini tanlagan ozchilikdagi guruhlarni badnom qilayapti, Yevropa bilan yaqinlashishga harakat qilayotgan qo’shni davlatlarga bosim o’tkazayati. Biz bunga jim qarab turmaymiz”.
Qo’shma Shtatlar Misrda barcha siyosiy guruhlar manfaatini aks ettiruvchi hukumat tuzishga chaqiradi. Raysning aytishicha, amaldagi vaziyat ekstremistlar safini to’ldirishga xizmat qiladi.
Prezident Obamaning maslahatchisi Bahraynda fuqaro jamiyatiga qo’yilgan cheklovlarni bekor qilishga chaqirdi. Iordan daryosining G’arbiy sohilida Isroil fuqarolariga nisbatan zo’ravonliklar to’xtatilishi, shuningdek, falastinliklarni xo’rlash va kamsitishga chek qo’ying deya undamoqda.