Breaking News

Rio-de-Janeyro Olimpiya o’yinlari ochilishiga shay


Braziliyada Yozgi Olimpiya o'yinlari boshlanmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:32 0:00

Butun dunyodan sportchilar, terma jamoalar va sport ishqibozlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida Yozgi Olimpiya o’yinlari ochilishiga shay. Musobaqalar Janubiy Amerikada ilk bor o’tkazilishi. Ularda 206 mamlakat sportchilari qatnashadi.

Rio-de-Janeyroning mashhur Ipanema plyaji odamlar bilan gavjum. Mamlakatlar o’z chodirlarini o’rnatish bilan band. Olimpiya parki tashqarisida kollektorlar to’planib, esdalik uchun buyumlar almashmoqda.

“Jami 16 ta Olimpiya o’yinlarida bo’lganman”, - deydi Sidni Marantz.

Amerikalik voleybolchilar Kopa Kabana plyajida o’z mahoratini namoyish etadi.

“Tabiiy plyajda voleybol o’ynash ajoyib. O’zi har kuni qum ustida mashq qilamiz”, - deydi sportchilardan biri Eypril Ross.

Braziliyaga tashrif buyurgan sportchilar orasida butunlay qochqinlardan iborat jamoa ham bor. Olimpiada tarixida birinchisi. 10 kishidan iborat guruhga Janubiy Sudan, Suriya, Kongo Demokratik Respublikasi va Efiopiya fuqarolari kirgan.

O’yinlar boshlanishi oldidan qator inson huquqlari tashkilotlari, jumladan “Xalqaro Amnistiya” Braziliyada politsiya zo’ravonligi bilan bog’liq holatga e’tibor qaratdi. O’tgan yili Rioda 645 kishi politsiya o’qidan o’lgan.

“Bu yilgi raqamlar undan-da qo’rqinchli. Aprel va iyun oylari oralig’ida Rio shahrida qotilliklar 100 foiz oshdi”, - deydi “Xalqaro Amnistiya” vakili Renata Neder.

Xalqaro Olimpiya qo’mitasi Rossiya hukumati doping dasturini yuritgani haqidagi da’volarga qaramasdan mamlakatni o’yinlardan butunlay chetlatmaslik qarorini himoya qilmoqda. Bu mashmashaga daxlsiz rossiyalik sportchilar Rioga keldi.

“Hukumatning qilmishi sabab birovni jazolash to’g’ri emas”, - deydi qo’mita raisi Tomas Bax.

Lekin dopingga qarshi xalqaro boshqarma bu qarordan norozi. Uning sobiq prezidenti Dik Paund fikricha, adolat ta’minlanmadi.

“Alohida sportchilarning huquqlarini himoya qilmoqchi bo’lsak, buning boshqa bir yo’li bor. Ular Olimpiya bayrog’i ostida bellashishi mumkin edi, Rossiya bayrog’i bilan emas”, - deydi Paund.

Yozgi Olimpiya o’yinlari 21-avgustgacha davom etadi. Ularda 206 davlatdan 10500 sportchi qatnashadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG