Breaking News

Myanmada qolgan roxinjaliklar hayotidan nolimoqda


Myanmaning salkam 700 ming sonli roxinja aholisi 2017-yil avgustida hukumat kuchlarining zug’umi natijasida qo’shni Bangladeshga qochishga majbur bo’lgan. Biroq Myanmada qolgan 120 ming roxinjalik uchun hayot ancha og’irlashgan, aksariyati kelajagidan xavotirda.

Xalqaro hayot - 2-sentabr, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:01 0:00

Hukumat ichki qochqinlar uchun mo’ljallangan lagerlarni yopmoqchi, ammo u yerda yashayotgan odamlar o’z uylariga qaytib borolmaydi, bunga ruxsat yo’q.

Harbiylar qirg’ini va buddist to’dalar hujumlaridan qochgan 120 ming roxinjalik aksariyat millatdoshlari kabi Bangladeshga chiqa olmadi. Ular Myanmaning boshqa hududlarida jon saqlashga urinib, shu kungacha 18 ta qochqinlar lagerida yashab kelmoqda.

Lagerdagi hayot turmani eslatadi. Fuqarolikdan mahrum bu xalq vakillari na tibbiy yordam ololadi, na ta’lim, na ishga qabul qilinadi. Ayniqsa ayollar va qizlar qattiq jabr ko’rmoqda, gigiyena va sanitariya sharoitlari yoq’ligi sabab qiynalishmoqda.

“Lagerdagi hayot, sharoitlar juda og’ir. Tibbiy yordam olish qiyin. Shifokorlar yo’q. Ayniqsa homilador ayollarga qiyin. Tug’ish paytida ba’zilarining chaqaloqlari nobud bo’ladi”, - deydi bir ayol.

Myanma rahbari Au San Su Chi va hukumatga ko’ra, ular Kofi Annan xalqaro komissiyasi tavsiyalari asosida ish ko’rmoqda. Hisobotda roxinja va buddist jamoalarni qashshoqlikdan chiqarish uchun infratuzilmani yaxshilashga sarmoya kiritish tavsiya qilingan.

Biroq roxinjaliklar va inson huquqlari tashkilotlari hukumat siyosatini tanqid qilarkan, uning harakatlari natijasida jamiyatda bo’linish kuchayayotganini, fuqarolik berish haqida muhokama bo’lmayotganini ta’kidlaydi. Lagerlar yonida doimiy yashash uchun imoratlar qurilmoqda, biroq bu hududlar toshqinga ko’p uchrashi aytiladi.

Ayollar farzandlari uchun maktablar tashkil etilmaganidan noliydi.

“Lagerda o’zimizni xuddi qamoqxona yoki tovuqxonadagidek his qilamiz. O’smirlar, ota-ona va qariyalarning bir xonada yashashi to’g’ri emas”, - deydi ayol.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG