Amerika 6-noyabrdagi prezident saylovlariga tayyorlanar ekan, bugun respublikachi nomzod Mitt Romni vitse-prezidentlik uchun kimni tanlaganini e’lon qildi. 42 yoshli kongressmen Pol Rayan.
Viskonsin shtatidan chiqqan bu arbob Vakillar Palatasida Byudjet bo’yicha qo’mitani boshqaradi va kamomadni pasaytirish uchun keskin choralar taklif qilib kelayotgan siyosatchilardan. O’ta konservativ qarashdagi amerikaliklar orasida katta nufuzga ega.
Amerika orzular ro’yobga chiqadigan diyor bo’lib qolishi uchun birinchi navbatda iqtisodni qayta mustahkamlab olishimiz, global birinchilikni boy bermasligimiz, siyosat va boshqa barcha sohalarda ustun davlat sifatida qolishimiz kerak, dedi Pol Rayan bugun Virjiniya shtatida omma oldida so’zlar ekan.
Mitt Romni amaldagi rahbar Barak Obamani safsatabozlik va samarasiz siyosatda ayblasa, prezident respublikachi raqibini real vaziyatdan bexabarlikda, boylar manfaatini himoya qilib, oddiy aholi yuzlashayotgan muammolarni tushunmaslikda tanqid qilmoqda.
Oy oxirida Respublikachilar partiyasi saylovoldi qurultoyiga yig’iladi. Sentabr boshida esa Demokratik partiya bu tadbirni o’tkazadi.
Oktabr oyida prezidentlikka nomzodlar uch bor debat qilishi kutilmoqda. Vitse-prezidentlik uchun ko’rsatilganlar odatda bir marta bahslashadi. Demokratlardan bu lavozimda amaldagi vitse-prezident Jo Bayden da’vogar.