Breaking News

Rossiyalik senatorlar amerikaliklarga bola boqib olishni man qildi


Rossiya parlamentining yuqori palatasi amerikaliklarning Rossiyadan farzand olishini ta’qiqlovchi qonun loyihasini bir ozovdan ma’qulladi. Federatsiya Kengashining barcha 143 a’zosi hujjatga ovoz bergan. Agar prezident Vladimir Putin uni imzolasa, qonun kuchga kiradi.

Duma tomonidan ishlangan loyiha AQSh bilan bu boradagi ikki tomonlana bitimni bekor qiladi. Hujjatga ko’ra, Amerikaning bolalarni otaliqqa olish agentlikari Rossiyada ortiq faoliyat yuritishi mumkin emas.

Rossiya parlamenti yaqinda Qo’shma Shtatlarda qabul qilingan Magnitskiy nomidagi qonunga ana shu tariqa o’z javobini berdi. AQSh qonunida inson huquqlarini buzganlikda gumon qilingan rossiyalik rasmiylarga viza va moliyaviy cheklovlar belgilangan.

Prezident Vladimir Putinning aytishicha, amerikaliklar Rossiyadan olingan bolalarga yaxshi qaramayapti, ayrimlari, hatto, yangi ota-onalarining loqaydligi sabab nobud bo’lgan.

1991-yildan beri amerikaliklar Rossiyadan 60 mingdan ziyod bola boqib olgan. Shulardan 20 nafari o’lgan.

Rossiyaning o’zida parlament qaroriga norozilik kuchaymoqda. Qonunchilardan qonun loyihasini bekor qilishni so’rab, 100 ming odam internetdagi petitsiyani imzolagan. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham choraga qarshi.

BMTning bolalar jamg’armasi hisobiga ko’ra, Rossiyada 700 mingdan ziyod yetim bor. Agar Putin loyihani imzolasa, amerikaliklar tomonidan otaliqqa olinishni kutib turgan 46 bola Rossiyada qolishga majbur bo’ladi.

Putin hujjatni ikki hafta ichida ko’rib chiqishini ma’lum qildi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG