Breaking News

Rossiyada bolalarga nisbatan jinsiy zo'ravonlikka qarshi yangi qonun


Rossiyada bolalarga nisbatan jinsiy zo'ravonlikka qarshi yangi qonun
Rossiyada bolalarga nisbatan jinsiy zo'ravonlikka qarshi yangi qonun

Rossiya Dumasi, parlamentning quyi palatasi, bolalarga nisbatan jinsiy zo'ravonlikni cheklash maqsadida yangi qonun loyihasini ma'qullagan. Endilikda bu hujjat yuqori palataga uzatiladi va tasdiqlasagina, prezident Dmitriy Medvedev imzosi bilan qonunga aylanadi.

Bu qonun loyihasini prezident taklif qilgan
Bu qonun loyihasini prezident taklif qilgan

Aslida bu chora - prezidentning taklifi. Rossiya bo'ylab yosh bolalar va o'smirlarni jinsiy tahdiddan (pedofiliyadan) himoya qilish uchun qonunlarni kuchaytirish kerak, degan edi Mevdedev.

Pedofiliya - Rossiyada jiddiy muammo. Ichki ishlar vazirligining bildirishicha, o'tgan yili 7500 shaxs yuqorida tilga olingan jinoyatlarda ayblanib sudga tortilgan.

Bugun Duma ma'qullagan tashabbus bu qabih ishga qayta-qayta qo'l urgan fuqarolarga uzunroq qamoq jazosi berish yoki ularning jinsiy nafsoniyatini kimyoviy yo'llar, ya'ni kuchli dorilar bilan majburan cheklash haqida gap ketadi.

Pedofiliya - Rossiyada jiddiy muammo
Pedofiliya - Rossiyada jiddiy muammo

Kimyoviy-kastratsiya deb ataladigan bu usul Isroil, Janubiy Koreya, Argentina, Britaniya, Daniya, Shvetsiya va Polshada qo'llaniladi.

Amerikaning ayrim shtatlarida ham joriy etilgan. Sudlanuvchi agar bu metodga rozi bo'lsa, unga berilgan qamoq muddati kamaytiriladi.

Mutaxassislar bolalarga jinsiy tajovuz ortida faqat ruhiy-tibbiy muammolar turgani yo'q deya eslatadi.

Yosh qizlarni fohishalikka majburlab, ularni qul sifatida ishlatib, mo'may daromad olayotgan to'dalar va uyushgan jinoiy tizimlar iziga tushish kerak.

Sharhlovchilar deydiki, Rossiya hukumati bu muammoni ochiq tan olib, unga qarshi choralar bilan chiqayotgani ijobiy o'zgarish. Endi adliya tizimiga bu qonunlar ijrosini ta'minlash uchun yo'l berish kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG