Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a'zo mamlakatlar ishtirokida Yevrosiyo Ittifoqini tuzmoqchi ekanini aytmoqda. Yangi ittifoqqa a'zolikka dastlabki nomzodlar Rossiya bilan Bojxona Ittifoqi doirasida hamkorlik qilayotgan Qozog'iston va Belarusdir.
Rossiyada prezident saylovlari 2012-yil martida bo'lishi kutilar ekan, Putinning yana bir bor prezidentlikka saylanishi hech kimda shubha uyg'otmayapti.
Sovet Ittifoqining qulashini 20-asrning eng katta geosiyosiy fojiasi deb atagan Putinning ta'kidlashicha, Yevrosiyo Ittifoqi Sovet davlatini tiklashga qaratilgan loyiha emas.
Bojxona Ittifoqiga kirgan uch davlat 2012-yildan boshlab savdo va capital cheklovlarini olib tashlashga hamda ishchi kuchining ittifoq doirasida to'siqsiz harakatlanishiga yo'l ochishga kelishib olgan.
Putin Yevrosiyo Ittifoqiga Qirg'iziston va Tojikiston ham qo'shiladi, deya umid qilmoqda.