Breaking News

Tahlilchilar: “Ikkovlon” Rossiyani hali uzoq vaqt boshqaradi


Tahlilchilar: “Ikkovlon” Rossiyani hali uzoq vaqt boshqaradi
Tahlilchilar: “Ikkovlon” Rossiyani hali uzoq vaqt boshqaradi

Vladimir Putin kelasi yili prezidentlikka qaytmoqchi. Bu 2024-yilgacha u boshqaruvda qoladi degani. Putin qayta saylansa, G’arb nazarida, Rossiya demokratiyadan chekinishda davom etadi.

Vladimir Putin 2012-yilda prezidentlik poygasida qatnashishi, o’z navbatida Dmitriy Medvedev uning o’rniga kelishi haqidagi e’lon ko’pchilikni ajablantirmadi.

“Rossiyada hokimiyat tepasiga kim kelarkin, degan savol berilganda shu ikki arbobdan biri nazarda tutilardi”, - deydi Robert Legvold, Kolumbiya Universiteti professori.

“Esingizda bo’lsa, ikki yil ilgari mamlakat konstitutsiyasiga kiritilgan o’zgartirishlar prezident muhlatini to’rt yildan olti yilga uzaytirdi. O’shanda Vladimir Putin Kremlga qaytmoqchi ekani haqida bashoratar yangragan edi”.

Tahlilchilar: “Ikkovlon” Rossiyani hali uzoq vaqt boshqaradi
Tahlilchilar: “Ikkovlon” Rossiyani hali uzoq vaqt boshqaradi

Medvedev va Putin o’rin almashishi hozirdan ayon ekan, rossiyalik tahlilchillar mart oyiga belgilangan saylovni shunchaki siyosiy tomosha deb biladi.

Lekin Xalqaro Tinchlik uchun Karnegi Jamg’armasi eksperti Metyu Rojanskiy sal boshqacha fikrda.

“Gap bu yerda Putin yoki Medvedev saylovda qatnashishi yoki qatnashmasligida emas. Gap kichik bir guruh hokimiyatni egallab olganida, boshqa barcha siyosiy kuchlar undan chetlatilganida”, - deydi Rojanskiy.

Hukmron partiya muxolifatni ezdi va matbuotni o’z nazoratiga oldi.

Mutaxassis izohicha, Putin prezident yoki bosh vazir kursisida bo’ladimi, Rossiya u kabi ta’sir-nufuzga ega siyosatchini Iosif Stalin davridan beri ko’rgani yo’q. U hokimiyatni o’z shaxsiyatiga bo’ysundira oldi.

Haqiqatdan ham Putinning omma orasida shuhrati baland – 70 foiz atrofida. Lekin hukumat haqida bunday deb bo’lmaydi.

Siyosatshunos Robert Legvold nazarida, Putinning prezidentlikka qaytishiga bog’langan maqsadlardan biri bu – o’zining ta’sir-nufuzini ishga solib, amaldagi siyosat va hukumatga bo’lgan ishonchni tiklashdir.

Tahlilchilar: “Ikkovlon” Rossiyani hali uzoq vaqt boshqaradi
Tahlilchilar: “Ikkovlon” Rossiyani hali uzoq vaqt boshqaradi

“Chunki ommaviy so’rovlar natijasiga qaraydigan bo’lsak, Putinga va Rossiyadagi bugungi siyosiy vaziyatga bo’lgan munosabat orasida yer bilan osmoncha farq bor”.

“Xulosa shuki, Dmitriy Medvedev va Vladimir Putin, “tandem” nomini olgan ikkovlon Rossiyani hali uzoq vaqt boshqaradi. 2007-yilda Putin “men oldimdagi vazifalarni bir o’zim bajara olmayman, menga sodiq hamkor, ittifoqchi kerak deb aytgan edi”. Komandaga Medvedev kelib qo’shildi. Ular teng emas, lekin birgalikda ishlay olishini ko’rib turibmiz”, - deydi ekspert Metyu Rojanskiy.

Ikkovlon oldida muammolar ham talay - Rossiya iqtisodiyoti va adliya tizimi islohotga zor, jamiyatni korrupsiya va demografik muammolar yemirmoqda.

So’nggi to’rt yil ichida Dmitriy Medvedev og’zaki tashabbuslardan nariga o’tmadi. Buning ajablanarli joyi yo’q, deydi mutaxassislar, chunki u Putin uchun issiq joyni saqlab turdi xolos.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG