Breaking News

AQSh, Rossiya Tinch okeanida anti-terrorizmni mashq qildi


AQSh, Rossiya Tinch okeanida anti-terrorizmni mashq qildi
AQSh, Rossiya Tinch okeanida anti-terrorizmni mashq qildi

Rossiya va Amerika dengiz flotlari Tinch okeanidagi AQShga qarashli orol Guamda terrorizmga qarshi harbiy mashg'ulotlar o'tkazgan.

Hamkorlikdagi amaliyotlarning birinchi qismi bu, deydi zobitlar. Unda harbiy kemalar orasidagi aloqa tizimlari sinab ko'rilgan.

Uch kunlik mashg'ulotlarda Rossiyaning "Varigag", AQShning esa "Fitzgerald" va "McCampbell" nomli yirik vositalari ishga solinmoqda.

Tomonlar dengiz flotlariaro hamkorlikni mustahkamlashi kerak va buning uchun talab va imkoniyat yetarli, deydi diplomatlar.

Amerika va Rossiya - Tinch okeani bo'yidagi ulkan davlatlar. Terrorizm va ommaviy qirg'in qurollarining yoyilishi har ikki davlatga birdek tahdid soladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG