Breaking News

Toni Bleyr Qozog'istonni dunyoga tanitadi


Toni Bleyr va Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev
Toni Bleyr va Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev

Qozog'iston chet el sarmoyalarini jalb etish maqsadida Britaniya sobiq Bosh vaziri Toni Bleyrni maslahatchi sifatida yollagan.

Rasmiylarning bildirishicha, Bleyr maslahat guruhi tuzib, iqtisodiy masalalarda prezident Nursulton Nazarboyevga yordam beradi.

Xizmati uchun aynan necha pul olishi ma'lum emas, biroq gap millionlab dollar haqida ketmoqda. Bleyr Qozog'istonning xorijdagi imijini yaxshilash bilan ham shug'ullanadi. U bu ishga o'zi bilan britan hukumatida ilgari ishlagan bir necha maslakdoshlarini ham jalb qilgan.

Britaniya hukumatini 10 yil davomida boshqargan Toni Bleyr bosh vazirlikdan 2007-yilda ketib, Isroil-Falastin tinchlik muloqotiga vositachilik qiluvchi, Yaqin Sharq To'rtligi deb nom olgan nufuzli xalqaro guruhga raislik qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG