Breaking News

AQSh Tinchlik Korpusi Qozog’istonni tark etmoqda


AQSh Tinchlik Korpusi Qozog’istonni tark etmoqda
AQSh Tinchlik Korpusi Qozog’istonni tark etmoqda

Jangari hujumlari faollashgani sababli AQSh Tinchlik Korpusi (US Peace Corps) Qozog’istonni vaqtincha tark etmoqda. 120 mutaxassis davlatdan chiqib ketadi.

Tashkilot 18 yil oldin Qozog’istonda ish boshlab, shu paytgacha 1100 dan ziyod ko’ngilli jo’natib ulgurdi.

Guruh rahbari Aaron Vilyamsning aytishicha, Tinchlik Korpusi maktab, kasalxona, jamoat markazlari va boshqa joylarda muhim o’zgarishlar qilib, o’rni hali uzoq yillar bilinadi.

AQSh Tinchlik Korpusi Qozog’istonni tark etmoqda
AQSh Tinchlik Korpusi Qozog’istonni tark etmoqda

AQShning Qozog’istondagi elchixonasi biror izoh bermayapti. Lekin mazkur qaror terror xurujlari kuchaygan, o’tgan hafta Taraz shahridagi otishma yetti kishini hayotdan olib ketgach e’lon qilinmoqda.

Markaziy Osiyoning eng kuchli iqtisodiyoti sanalmish bu davlatda, qo’shnilardan farqli ravishda, terror hujumlari deyarli kuzatilmay kelayotgan edi. Lekin aholisi soni 17 million bu yurtda oxirgi paytlarda portlash va to’qnashuvlar ko’lami ortdi.

Yaqinda hukumat davlat idoralarida namozxonalarni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qullagan edi. Tahlilchilar nazarida bu kabi choralar yashirin kuchlar paydo bo'lishi, zo’ravonlikka turtki beradi, xolos.

AQSh Tinchlik Korpusi joriy yil 50 yillik yubileyini nishonlamoqda. Tashkilot 140 davlatga tinchlik va do’stlikni targ’ib qilish maqsadida 200 mingdan ziyod volontyor jo’natgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG