Breaking News

Qozog'istonning Taraz shahrida jangari xurujidan yetti kishi o'lgan


Taraz, avvallari Jambul deb atalgan shaharda islomiy obidalar va ziyoratgohlar ko'p.
Taraz, avvallari Jambul deb atalgan shaharda islomiy obidalar va ziyoratgohlar ko'p.

Qozog'istonning Taraz (1997-yilgacha Jambul) shahrida bugun bir kishi militsiya xodimlari yonida o'zini portlatgan.

Ichki ichlar xodimlari bir jangarining ketidan tushgan va otishma boshlangan, deya bayon qiladi rasmiylar.

Jangari bir avtomobilni olib qochgan, qurol sotadigan do'konga bostirib kirib, ikki fuqaro va ikki millitsionerni o'ldirgan. Qurshovga olinayotgan paytida bomba portlagan.

Jangaridan tashqari yana yetti kishi, jumladan besh militsioner halok bo'lgan. Qozog'iston Bosh prokuraturasi bergan bayonotda suiqasdchi Kariyev deya tilga olinadi.

Qozog'iston barcha dinlar uchun ochiq, deydi prezident Nursulton Nazarboyev, lekin e'tiqod uchun sharoit yaratilgan, lekin qonun hurmat qilinishi kerak.
Qozog'iston barcha dinlar uchun ochiq, deydi prezident Nursulton Nazarboyev, lekin e'tiqod uchun sharoit yaratilgan, lekin qonun hurmat qilinishi kerak.

17 million odam yashayidgan Qozog'iston o'zini radikalizm va terror xavfidan nisbatan xoli deb kelar edi.

Lekin o'tgan oylar ichida respublikaning turli nuqtalarida jangari xurujlari, otishma va portlashlar sodir etildi.

Mamlakat janubida aholi boshqa joylarga qaraganda ancha dindor hisoblanadi. Ko'p-xotinlik, qizlarni o'qitmaslik, qonunni mensimay shariatga asoslangan holda ish ko'rish hollari kuzatiladi.

Jangarilar asosan militsiya xodimlarini nishonga olmoqda
Jangarilar asosan militsiya xodimlarini nishonga olmoqda

Yaqinda Qozog'istonda yangi qonun qabul qilinib, davlat idoralarida diniy ma'raka va tadbirlar o'tkazish man etildi.

Huquq tashkilotlari nazarida hukumat diniy faoliyatni cheklayotgani, erkin e'tiqodga yo'l bermayotgani aqidaparastlik, mutaassiblik va jangarilik uchun zamin yaratadi.

Shu yilning iyun oyida Qozog'iston g'arbida ikki militsioner o'ldirilgan edi. Bunga javoban boshlangan xavfsizlik operatsiyalarida yana ikki zobit va jangari deb gumon qilingan to'qqiz shaxs halok bo'lgan edi.

Oktabr oyida Atirau shahrida yuz bergan ikki portlashni Jund al-Xalifa degan guruh o'z bo'yniga olgan. Bu voqealarda suiqasdchining o'zi o'lgan edi xolos.

Jund al-Xalifa Qozog'iston hukumatidan hijobni man etmaslikni talab qilib keladi. Aslida respublikada bunday qonun yo'q.

Prezident Nursulton Nazarboyevning qayd etishicha, Qozog'iston barcha dinlar uchun ochiq, erkin e'tiqod uchun sharoit yaratilgan, lekin qonun hurmat qilinishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG