Breaking News

“Qozog’iston hukumati avtoritar ekanini isbotladi”


“Qozog’iston hukumati avtoritar ekanini isbotladi”
“Qozog’iston hukumati avtoritar ekanini isbotladi”

Qozog’istonda juma boshlanib hali tinmayotgan to’polonda o’lganlar soni, rasmiy ma’lumotga ko’ra, 15 kishiga yetgan. Namoyishchilar politsiyani qurol ishlatganlikda ayblaydi.

Janao'zenda favqulodda holat e’lon qilingan. Xalqaro tashkilotlar prezident Nursulton Nazarboyevni zo’ravonlikdan tiyilib, tergov boshlashga chaqirmoqda.

Konchilar chiqishi qonli to’qnashuvga aylanib ketgani avtoritar rahbariyat faqat kuchga tayanishini namoyish etdi, deydi kuzatuvchilar.

Voqea turlicha izohlanmoqda. Hukumatning bildirishicha, konchilar mustaqillik bayramini nishonlash paytida aholiga tashlanib, janjal boshlagan.

Ishchilar huquqini himoya qilayotgan tashkilotlar, muxolifat nazarida huquq-tartibot idorasi odamlarni o’zini himoya qilgan holda kuch qo’llashga majbur etgan. Olishuvni muayyan guruh boshladi, degan iddao ham bor.

“Qozog’iston hukumati avtoritar ekanini isbotladi”
“Qozog’iston hukumati avtoritar ekanini isbotladi”

Markaziy Osiyo mintaqasini yoritib kelgan jurnalist, germaniyalik Markus Bensmann fikricha, rasmiylar oddiy muammolardan boshlangan norozilikni avvaldan hal etishi kerak edi.

“Odamlar hukumat iste’fosini talab qilmagan. Sharoit yaxshilanib, maosh ko’tarilsin, deb chiqqan ular. Rasmiylar murosa izlamadi, imkoniyat boy berilib, qon to’kildi. Muammoni avtoritar boshqaruvga xos hal etish, izolyatsiya qilish samarasiz, bu yana bir bor tasdiqlandi”, - deydi Bensmann.

Zo’ravonlik yuzasidan qator xalqaro tashkilotlar tashvish bildirdi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti xolis tergov o’tkazing ,deydi. Fuqaro namoyish qilishga haqli ekanini eslang, deydi.

Markus Bensmann tashkilot bayonotini tanqid qiladi. Qozog’istonda markazi bor bu guruh konchilar e’tiborini avvaldan bilgan.

“YXHT Qozog’istonda idora ochgan, mamlakat 2010-yilda unga raislik ham qildi. Nega may oyidan buyon davom etayotgan bu chiqishlar yuzaisdan taklif bilan chiqmadi?” - deydi Bensmann.

Konchilarni qo’llab-quvvatlab boshqa shaharlarda odamlar bosh ko’targan. Aktau shahridagi namoyishda Janao’zendan askarlarni olib chiqib, favqulodda holatni bekor qilish so’ralgan.

Bosh prokuratura vaziyat yaxshilangani haqida axborot bermoqda.

“Qozog’iston hukumati avtoritar ekanini isbotladi”
“Qozog’iston hukumati avtoritar ekanini isbotladi”

Surishtiruv boshlangan, maxsus komissiya zo’ravonlikka daxldor barcha fikrlarni o’rganmoqda. Mintaqaning nisbatan rivojlangan davlatida bunday g’alayon ortidan turli taxminlar kuzatiladi.

“Fuqaro hukumatdan ko’proq haq talab qildi. Nazarimda bu voqealar hali davom etadi va Qozog’istonda rejalangan saylovlarga tasir qilishi aniq”, - deydi Bensmann.

Kelasi yining yanvarida davlatda parlament saylovlari o’tishi kerak. Endi jarayon Nazarboyevning “Nurotan” partiyasi rahnamoligida o’tishini gumon. Prezident ayni paytda Moskvada. Rossiya va Belarus bilan hamkorlikda Yevrosiyo Ittifoqini tuzish haqida hujjatni imzolagan.

Nazarboyev Kollektiv Xavfsizlik Shatnomasi sammitida ham ishtirok etadi. Kreml anchadan buyon g’alayonlarning oldini olishda ana shu guruh roli oshirishga undab keladi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG