Qozog’istonda kechagi parlament saylovlari natijasiga ko’ra, uch partiya qonunchilik organidan joy oladigan bo’ldi.
Ovozlarning salkam 80 foizini qo’lga kiritgan hukmron “Nur Otan” partiyasidan tashqari tadbirkorlar manfaatlarini himoya qiluvchi “Oq Yo’l” va hukumatga moyil Kommunistlar partiyalari yetti foizlik dovondan o’tgan.
Prezident Nursulton Nazarboyev partiyasi salmoqli g’alabaga erishganidan mamnun va saylov natijalari hukumatga xayrixohlik hamda barqarorlik nishonasi, dedi.
Biroq jarayonni kuzatgan yevropalik mutaxassislar nazarida demokratik tamoyillarga rioya qilinmagan.
Saylovlar, deydi rahbariyat, parlamentda siyosiy xilma-xillikni ta’minlashni maqsad qilgan va unda yetti partiya ishtirok etdi.
Avvalgi poygalarda “Nur Otan”dan tashqari biror guruh yetti foizlik dovondan o’ta olmay, qonunchilik organi butkul prezident partiyasining qo’lida edi.
Shundan so’ng qonunga tuzatish kiritildi va unga muvofiq, ikkinchi o’rinni egallagan partiya yetti foiz ovoz to’play olmasa ham parlamentga kira oladi.
Bir oy oldin Janaozen shahrida konchilar namoyishi qonli tus olib, 15 kishi o’lgan edi.
Shahar ma’muriyati avvaliga saylov o’tkazmaslikka qaror qilgan, lekin Nazarboyev aholi ovoz berishi shart, deya buyruq bergan.
Hukumatga qarshi bu kabi chiqishlar mamlakatga xos emas.
So’z erkinligi va inson huquqlari to’liq ta’minlamagan Qozog’istonda neft serob va xalq qo’shni davlatlardagidan bemalolroq yashaydi, but. Davlat mustaqil bo’lganidan beri Nazarboyev prezident.