Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev parlamentning quyi palatasi - Majlisni tarqatib yuborib, yangi saylovlarni 15-yanvarga belgiladi. Qonunchilik organi bir partiyadan iborat, xolos.
Davlatni 20 yildan oshiq vaqt boshqarayotgan Nazarboyev matbuot xizmatining bildirishicha, Markaziy Osiyoning eng yirik iqtisodiyoti sanalmish Qozog’iston demokratik taraqqiyot yo’lidan ketishda davom etishni istasa, ko’ppartiyaviy parlament tizimiga o'tishi zarur.
Ayni damda 75 yoshli Nazarboyev hukmron “Nur Otan” partiyasi a’zolari va uning tarafdorlari Majlisdagi hamma o’rinlarni egallagan.
Shu yilning aprelida 95 foiz ovoz bilan yana besh yilga qayta saylangan arbob parlamentda ko’p partiya vakillari ishlashi lozim, deb chiqmoqda.
Yanvar saylovlarida biznes namoyandalarini o’z ichiga olgan “Ak Jol” va yetakchi liberal “Azat” partiyalari parlamentdan joy olish umidida. .
Qozog’istonda shu damgacha o’tgan saylovlardan birortasini xalqaro kuzatuvchilar xolis va erkin deb tan olmagan.