Breaking News

Qozog’iston bahorda prezident uchun ovoz beradi


Nursulton Nazarboyevga xizmatdan ketib ham siyosatda hal qiluvchi rol o'ynash vakolati, umrbod dahlsizlik huquqi berilgan
Nursulton Nazarboyevga xizmatdan ketib ham siyosatda hal qiluvchi rol o'ynash vakolati, umrbod dahlsizlik huquqi berilgan

Qozog’iston rahbari Nursulton Nazarboyev prezident saylovlarini 3 aprelda o’tkazishni taklif qilgan.

Shundog'am zaif muxolifatda saylovga tayyorgarlik uchun vaqt yo'q hisob, deydi siyosatdonlar.

Markaziy Osiyodagi bu davlatni 1991 yildan beri boshqarib kelayotgan Nazarboyev poygada yutishi aniq, deydi ular.

Shu paytgacha o'tkazilgan biror saylov Yevropa kuzatuvchilar tomonidan adolatli, erkin deya tan olinmagan.

70 yoshli arbobning xizmat muddati 2012 yilda tugashi kerak edi.

Parlament, asosan, prezidentning tarafdorlaridan iborat organ, Nazarboyev 2020 yilgacha boshliq bo’lib qolsin, shu borada referendum o’tkazilsin, deya da’vat etgan, biroq Konstitutsion sud ham, davlat rahbari ham buni rad etgan.

Qo’shma Shtatlar ham mazkur referendum demokratiya tamoyillariga zid, demoqda

Nazarboyev saylovda g'alaba qilishini biladi, deydi siyosatshunoslar
Nazarboyev saylovda g'alaba qilishini biladi, deydi siyosatshunoslar

O'tgan yili parlament Nazarboyevni millat otasi deya ta'riflab, xizmatdan ketib ham, siyosatda hal qiluvchi rol o'ynashi mumkin deb, umrbod dahlsizlik huquqi bilan siylagan.

Nazarboyev fikricha, prezident saylovlarini muddatidan oldin o’tkazish ma’qulroq.

Biroq tahlilchilar deydiki, Qozog'iston rahbari saylovlarni muddatidan oldin o'tkazib, Tunis va Misrdagi namoyishlar uning yurtida ham takrorlanishining oldini olmoqchi.

Muxolif Oq Yo'l va Ozod partiyalari prezident poygalarida biror nomzod qo'yadimi, yo'qmi hozircha noma'lum.

Holbuki, 16 million kishilik aholining aksariyati Nazarboyevni qo'llab-quvvatlab keladi va uni tinchlik va iqtisodiy taraqqiyoti kafili, deb biladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG