Breaking News

Qozog'istonda prezident saylovlari kampaniyasiga start berildi


Nomzodlar to'rt kishi. Amaldagi prezident Nursulton Nazarboyev g'alabasi hech kimda shubha uyg'otmayapti
Nomzodlar to'rt kishi. Amaldagi prezident Nursulton Nazarboyev g'alabasi hech kimda shubha uyg'otmayapti

Qozog'iston saylov komissiyasi prezident saylovlari kampaniyasi rasman boshlangani haqida ma'lum qilgan.

Saylovlar 3-aprelga belgilangan. Mamlakatni 1991-yildan beri boshqarayotgan Nursulton Nazarboyevga qarshi uch nomzod bellashadi.

"Vatanparvarlar" partiyasidan G'ani Qosimov, Kommunistlar partiyasi rahbari Jambil Ahmetbekov va ekolog Mels Yeleusizov.

Yetakchi muxolif partiyalar nomzodlarni zaif deb, saylovlarni boykot qilishga chaqirmoqda.

Nazarboyevning prezidentlik muddati 2012-yilda tugashi kerak edi, biroq mamlakat rahbari parlament uzatgan referendum taklifini rad etib, erta saylovlar o'tkazishga qaror qildi.

Deputatlar aholidan imzo to'plab, referendum orqali Nazarboyev muddatini 2020-yilgacha cho'zmoqchi bo'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG