Breaking News

Qozog’istonda namoyishlar, muxolifat liderlari ozodlikdan mahrum etildi


Sotsial demokratik partiya lideri Jarmaxan Almatidagi mitingda so'zlamoqda, 28-fevral 2012
Sotsial demokratik partiya lideri Jarmaxan Almatidagi mitingda so'zlamoqda, 28-fevral 2012

Qozog’iston sudi ikki muxolifatchini norozilik namoyishlarini tashkil etganlik aybi bilan 15 kunga ozodlikdan mahrum etdi.

Sotsial demokratik partiya rahbarlari Amirjan Kosanov, Bulat Abilov va yana to’rt kishi ommaviy chiqishlardan oldin hibsga olingan edi. Sud hukmi o’qilganidan keyin ikkala faol ochlik e’lon qilgan.

Shanba kuni Almati shahrida yuzlab odamlar ko’chalarga chiqdi. Politsiya ularni to’xtatishga urindi. Miting qilgan faollarning bir nechtasi hibsga olingan.

Kosanov va Abilov 28-yanvar kuni uyushtirilgan namoyishlarda ham hibsga olingan va keyin qo'yib yuborilgan edi.

Muxolifat 15-yanvarda o’tgan parlament saylovlari natijalarini soxta deb biladi. Unda prezident Nursulton Nazarboyevning "Nur Otan" partiyasi g'alaba qozongan edi.

Sotsial demokratik partiya rahbar o'rinbosari Amirjan Kosanov Almatidagi mitingda gapirmoqda, 28-fevral 2012
Sotsial demokratik partiya rahbar o'rinbosari Amirjan Kosanov Almatidagi mitingda gapirmoqda, 28-fevral 2012
G'arbdagi Mangistau viloyatida 2011-yilning dekabr oyida yuz bergan zo’ravonliklarda 17 odam nobud bo’lgan, ular asosan militsiya o'qidan o'lgan. Muxolifat aybdorlar jazolanishini talab qilmoqda. Hukumat tergov hali tugamaganini bildiradi.

Muxolifatning yana bir lideri Jarmaxan Tuyaqbay ham yaqinda qo'lga olindi, lekin ogohlantirib, qo’yib yuborildi.

Yana uch faol, shu jumladan ikki jurnalist jarima to’lab hibsdan chiqib ketgan.

Poytaxt Ostona hamda mamlakat g’arbidagi Oral shahrida ham kichik namoyishlar kuzatilgan.

Faollar mart oxirida yana namoyishga chiqishini aytmoqda.

Qozog’iston sudi ikki muxolifat liderini norozilik namoyishlarini tashkil etganlik uchun 15 kunga ozodlikdan mahrum etdi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG