Breaking News

Rossiya ahli avgustdan qo'rqadi


Rossiya ahli avgustdan qo'rqadi
Rossiya ahli avgustdan qo'rqadi

Hozirgi oyni Rossiyada ko’pchilik “Qora avgust” deydi.

2008 yil avgust oyida Rossiya tanklari Gruziyaga bostirib kirgan edi.

2010 yil avgustida havo harorati misli ko’rilmagan darajaga ko’tarilib, poytaxt Moskva yaqinidagi o’rmonlarda yong’in avj oldi.

1991 yil avgust oyida-chi? O’shanda Kommunistik partiya rahbarlari Sovet Ittifoqining birinchi prezidenti Mixail Gorbachevni hokimiyatdan ag’darishga uringan edi. Bir necha oydan so’ng Sovet imperiyasi butkul parchalanib ketdi.

1998 yil avgustida Rossiya iqtisodiy inqirozga yuz tutdi.

Rossiya ahli avgustdan qo'rqadi
Rossiya ahli avgustdan qo'rqadi

Bu yilda ham avgust oyi boshlanar-boshlanmas, rossiyaliklar asabiylashgan ko’rinadi.

Ulardan biri, Germaniyaga qarashli bankning Moskvadagi xodimasi Natalia Belyaeva vahima sababini tushuntirishga urinadi:

"Turli sabablar bor, nazarimda. Balki bu faqat bizning qo’rquv--tashvishlarimizdir”.

Bu esa Moskvada tanilgan tahlilchi Nikolay Petrov. Uning fikricha, “Qora avgust” iborasi asosli, uning ortida jiddiy sabablar bor.

"Avgust oyida Rossiya dam oladi. Bilasiz, ko’plab qarorlar odatda eng yuqori martabali rahbarlar tomonidan qabul qilinadi. Ammo bu davrda ular ta’tilda bo’ladi. Shu bois biror muammo chiqsa, vaqtida chora ko’ra olmaymiz deb qo’rqishadi”.

Rossiya ahli avgustdan qo'rqadi
Rossiya ahli avgustdan qo'rqadi

O’tgan yilning avgustida o’rmonlarga o’t tushganida ko’plab odamlar nobud bo’ldi, minglab moskvaliklar poytaxtdan qochishga majbur bo’ldi, iqtisodiyotga ulkan zarar yetdi.

Ammo o’sha kunlarda Moskva meri Yuriy Lujkovni hech qayerdan topib bo’lmadi. U dam olayotgan edi. Mer ta’tildan voz kechmoqchi emas degan xabarlar tarqadi.

Moskvalik yana bir ekspert Artyom Prigunov vahima sababini iqtisoddan qidiradi.

Uning fikricha, siyosat iqtisodiyot bilan chambarchas bog’liq. Rossiya iqtisodi esa avgust oyi bilan bog’liq.

"Bir rossiyalik olim iqtisodiy jarayonlar nazariyasini ishlab chiqqan. Avgust - bir bosqichdan boshqasiga o’tadigan davr”.

Prigunov ta’biricha, “qora avgust” har 3, 10 va 40 yilda ro’y beradi. Shu sababdan bu yilning avgusti Rossiya uchun nisbatan tinch va barqaror bo’ladi.

XS
SM
MD
LG