Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri metrosida ro'y bergan portlashlarda kamida 10 kishi halok bo'lgan, 37 nafari jarohatlangan.
Mahalliy matbuotning xabar berishicha, portlash Sennaya Ploshad va Texnologicheskiy Institut stansiyalari oralig'ida ro'y bergan. Ploshad Vosstaniya bekatida esa yana bir porlovchi moslama topilgan.
Ikki bekatda bomba portlagani haqidagi dastlabki xabarlarni rasmiylar inkor etmoqda.
Bugun yillik media forumda qatnashish uchun shaharga Prezident Vladimir Putin tashrif buyurgan. Uning aytishicha, tergov xuruj sabablarini va uning ortida kim turganini aniqlaydi. Voqea terror hujumi deya ko'rilmoqda.
2010-yilda ham Moksva metrosida o'xshash hujum sodir etilgan. O'shanda 38 kishi halok bo'lgan edi.