Breaking News

Rossiyada COVID bilan bog'liq vaziyat yomonlashgan


Rossiyada koronavirus bilan bog’liq vaziyat yomonlashib, ilk bor sutkada 40 mingdan oshiq yangi bemor qayd etildi. Hukumat 28-oktabrdan 7-noyabrgacha bo’lgan davrni ishlamaydigan kunlar deb e’lon qildi.

Xalqaro hayot – 28-oktabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:04 0:00

Restoranlar, barlar, tijoriy markazlar kamida 10 kun yopiq bo’ladi, yoshi 60 dan oshgan emlanmaganlarga 4 oy uyda o’tirish buyurildi.

Rossiya koronavirusdan vaksinani dunyoda birinchi bo’lib e’lon qilganiga qaramay, aholining uchdan bir qismigina emlangan.

“O’z vaksinasini chiqarayotgan mamlakat uchun bu aql bovar qilmaydigan holat. Aksariyat mamlakatlar vaksinani xorijdan sotib olmoqda”, - deydi Skolkovo fan va texnologiya instituti virusologi Georgiy Bazikin.

Prezident Vladimir Putin atrofidagi ko’plab amaldorlarning emlanmaganidan taajjubda ekanini aytdi.

“G’alatiku. Oliy ma’lumotli, ilmiy darajaga ega odamlar shunday bo’lsa. Nima bo’layotganini tushunmayapman”, - dedi u.

Hukumat nazoratidagi ommaviy axborot vositalari G’arbda ishlangan vaksinalarni tanqid qilib, aholini o’z vaksinasidan ham aynitdi, deydi ayrim kuzatuvchilar.

“G’arb vaksinalarining xavfli ekanini aytishdi. Ammo odamlar axmoq emasku. Ular nazarida, agar G’arb vaksinasi xavfli bo’lsa, rus vaksinalari ham shunday”, - deydi Bazikin.

Ba’zilar fikricha, emlanishga qarshilik bilan siyosiy qarashlar o’rtasida bog’liqlik yo’q, bu shunchaki aholining hukumatga umumiy ishonchsizligi bilan bog’liq.

“Siyosiy qarashlaridan qat’i nazar barcha odamlarning rus propagandasiga ishongisi yo’q”, - deydi “Novaya gazeta” muharriri Kiril Martinov.

Rossiya koronavirusning to’rtinchi to’lqini bilan yuzlashar ekan, aholi oldin ish bermagan cheklovlardan bu gal ham foyda bo’lmasligini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG