Bostondagi marafonda bombalar portlashidan ko’p o’tmay, xavfsizlik xodimlari hujumlarni Tamerlan va Joxar Sarnayevlar amalga oshirganini aniqlandi. Asli dog’istonlik bo’lgan bu ikki yigit Shimoliy Kavkazdagi kichik mamlakatni butun dunyoga tanitdi. “Amerika ovozi” muxbiri yaqinda Dog’istonda bo’lib, bu yerdagi vaziyatni o’rgandi.
Portlash va otishmalar ko’p ro’y berishi jihatidan, Dog’iston Rossiyada birinchi o’rinda turadi. Lekin uni dunyoga Boston portlashlari tanitdi. Terror xurujlarini uyushtirganlikda ayblanayotgan aka-uka Sarnayevlar asli dog’istonlik bo’lgani uchun bu hudud haqida butun dunyo ahli eshitdi.
So’nggi voqealar ketidan Moskva respublikadagi ekstremist kuchlarga qarshi kurashini yanada kuchaytirgan ko’rinadi. O’tgan hafta, kutilmaganda, Dog’iston poytaxti Maxachkalaning katta qudratga ega meri hibsga olindi.
Kremlning birlamchi maqsadi qishda Sochida bo’lib o’tadigan Olimpiada o’yinlari oldidan mamlakatda vaziyatni nazoratga olish va barqarorlashtirishdan iborat. So’ngra kambag’al respublikada turizmni rivojlantirish orqali iqtisodiy ahvolni yaxshilash ham ko’zda tutilgan.
Rossiyaning ko’hna Derbent shahri, ayniqsa, turizm bobida katta potentsialga ega.
1500 yil davomida bu yerdagi qal’adan turib Kavkaz va Kaspiy dengizi o’rtasidagi hudud nazorat qilingan. Qal’a yaqinidagi bozorda meva sotuvchi Shoxmardon Mardonov mahalliy aholi shahar o’tmishidan g’ururlanishini aytadi.
”Derbentda yashaydigan odamlar bu qal’adan faxrlanishadi. Biz sayyohlarning kelishidan xursandmiz. Olib kelavering ularni”, - deydi sotuvchi.
Mardonov va uning tengdoshlari sovetlar davrini yaxshi eslaydi. O’shanda bu yerga yiliga chorak million turist kelardi. Keyinchalik shahar “UNESCO” tashkilotining jahon madaniy me’rosi ro’yxatiga kiritildi.
Ammo bugun Derbentda sayyohlar kam. Taksi haydovchisi Abbos Shakalar buning sababini hududdagi notinchlik bilan izohlaydi.
“Moskvadagi do’stlarimga Derbentga kelinglar, shaharni, dengizni, qal’amizni ko’ringlar, deyman. Ular esa “bizni otib o’ldirishadi u yerda”, deydi. Bizda bunday hodisa hech bo’lmagan. Biz mehmondo’st xalqmiz. Sayyohlarni yaxshi ko’ramiz”, - deydi Abbos.
Qal’adan bir necha metr narida jome masjidi joylashgan. 734-yilda qurilgan bu obida Rossiyadagi eng ko’hna masjid hisoblanadi.
Asosan, shu masjid va qal’ani ko’rsatish orqali turistlar sonini yiliga bir millionga chiqarish niyatimiz bor, deydi shahar meri Imam Yaraliyev.
“Biz boshqalar bilan do’stlik rishtalarini rivojlantirmoqchimiz. Tinch-osoyishta yashaylik, deymiz. Dog’istonning barcha elatlari og’a-ini, axir”, - deydi u.
Ammo hozircha Dog’istondagi zo’ravonliklarning keti ko’rinmayapti.
Asrlar davomida Derbent qal’asi forslardan arablarga, armanlardan mo’g’ullar va so’ngra turklar qo’liga o’tgan. 1813-yilda, ya’ni 200 yil avval bu yerda Rossiya o’z hokimiyatini o’rnatgan.