Rossiya poytaxti Moskvada yuzlab fuqaro, muxolifat vakillari hukumatga qarshi namoyish qilgan.
Bu -- an’ana, deydi faollar.
Muxolifat har oyning oxirgi kunida namoyish qilib, hukumatdan fuqaro huquqlarini hurmat qilishni, ommaviy yig’inlar o’tkazishga ruxsat berishni talab qilib keladi.
Kuni-kecha militsiya muxolifatning 11 a’zosini hibsga olgan edi. Ular millatchilikni targ’ib qilishda gumon qilinmoqda.
Moskvada avj olgan millatchilik, qonli to’qnashuvlar tergov ostida va bu zarur chora edi, deydi huquq-tartibot xodimlari.
Biroq faollar izohicha, muxolifatchilar siyosiy faoliyati uchun qamalgan.