Breaking News

Boris Nemsov Kremlni diktaturada aybladi


Nemsov Rossiya rahbarlarini Belarus diktatori Aleksandr Lukashenkoga o'xshatadi
Nemsov Rossiya rahbarlarini Belarus diktatori Aleksandr Lukashenkoga o'xshatadi

Rossiyalik arbob, muxolifat yetakchisi Boris Nemsov Kremlni diktaturada ayblamoqda. Nemsov Yangi yil arafasida hukumatga qarshi namoyish paytida ushlanib, 15 sutkaga qamalgan edi.

Bosh vazir sobiq muovini, hozirda “Solidarnost” liberal-demokratik harakati rahbari Boris Nemsov turmadan chiqib jurnalistlar bilan uchrashgan.

U va yana bir necha kishi 31-dekabr kuni hibsga olingan edi. Faollar ommaviy yig’inlar, majlislar o’tkazish huquqini talab qilib keladi. Bu kabi namoyishlar har oy oxirida Moskva markazida o’tkaziladi.

Poytaxtda muxbirlar bilan to’la xonada, matbuot anjumanida so’zlar ekan, Nijniy-Novgorod oblasti sobiq gubernatori Nemsov Rossiya rahbarlarini Belarus diktatori Aleksandr Lukashenkoga qiyosladi.

Uning aytishicha, Rossiya rasmiylari Lukashenkoni yoqtirmaydi. Diktatorlar odatda bir-birini xush ko’rmaydi, lekin bir-birini takrorlaydi, deydi u.

Dekabrda prezident saylovlaridan keyin Belarusda qonli namoyishlar o’tgan. Muxolifat bosh ko’targach, politsiya ularni bosib, qamoqqa olgan edi. 25 kishi hali ham turmada va 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Nemsov Bosh vazir Vladimir Putinni ishdan bo’shatib, uning faoliyatini tergov qilishga da’vat etmoqda. G’arb Rossiya rahbarlari va oila a’zolariga viza berishni bas qilsin, deydi Boris Nemsov. “Shunda Kreml demokratiya va fuqaro huquqlarini e’zozlashni o’rganadi”.

Muxolifat Rossiyada sudlar noxolis, militsiya betartib, adolatsiz ekaniga, byurokratiya chuqur ildiz otganiga e’tbor qaratadi.

Inson huquqlari bo’yicha Xalqaro Amnistiya tashkiloti ham siyosiy faollarni hibsga olishlarni tanqid qilmoqda. Sud dalillarni inobatga olmagan, deydi tashkilot vakili Frederika Bexr. Nemsov Yevropa Inson huquqlari sudiga arz qilgan.

Biroq ekspert Olga Mifodeva fikricha, Nemsovning hibsga olinishi oldindan rejalangan bo’lmay, Kremlning xatosi edi. Bu qaror muxolifatga kuch bergan, deb hisoblaydi tahlilchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG