Breaking News

Putin: AQSh Yevropada raketa joylashtirsa, Rossiya javob beradi


Rossiya prezidentidan AQShga ogohlantirish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:03 0:00

AQSh Yevropada o’rta masofali yadroviy raketalarini joylashtiradigan bo’lsa, Rossiya G’arbga “asimmetrik” javob beradi. Prezident Vladimir Putin parlamentda qilgan nutqida NATOga qarshi tahdid va tanqidlar yog’dirdi. Vashington va Moskva bir-birini g’irromlikda ayblab, har ikki davlat qurol nazoratiga doir 30 yillik kelishuvdan chiqishini aytmoqda.

Bu Vladimir Putinning G’arbga qarshi eng adovatli nutqlaridan deya baholanmoqda. Rossiya rahbari AQShni yadro qurollarini nazorat qiluvchi bitimdan chiqqani uchun tanqid qildi.

Amerika, deydi u, Yevropada o’rta masofali raketalarini o’rnatish haqida o’ylamasin.

“AQSh bitim shartlarini, undagi moddalarni ochiqchasiga e’tiborsiz qoldirdi. Xususan, hujjatda yozilganki, har ikki tomon o’rta masofaga uchadigan raketalari va uchirish moslamalarini yo’q qilishi kerak”, - deydi Putin.

Mamlakat parlamenti, Federal Assambleya huzurida so’zlagan Putinning ta’kidlashicha, Rossiya nafaqat AQSh qurollarini o’z hududida joylashtirgan mamlakatlarni, balki Qo’shma Shtatlarning o’zini ham nishonga olishi mumkin.

“Rossiya raketalarini unga tahdid solayotgan hududlar tomon qaratibgina qolmay, balki qaror qabul qilinadigan joylarga ham qaratadi”, - dedi Rossiya rahbari, AQShga ishora qilib.

AQSh va uning NATOga a’zo ittifoqchilari besh yildan beri Rossiyani sovuq urush paytida imzolangan shartnomaga amal qilmayotganlikda ayblab kelayotgan edi. 2-fevral kuni Tramp ma’muriyati bu shartnomadan chiqishini e’lon qildi.

“Rossiya AQShning xavfsizlik manfaatlariga oyoq qo’ydi. Rossiya bitimni uyalmay-netmay buzayotgan bir paytda, biz unga amal qilib o’tirmaymiz”, - dedi Davlat kotibi Mayk Pompeo.

Vashington Moskvaga bitim shartlariga to’la amal qilish uchun olti oy muhlat bergan. Aks holda AQSh avgustda uni tark etadi. NATOga ko’ra, Rossiya 9M729 raketa sistemasini yaratish orqali bitimni buzgan. Bu sistema, deydi alyans rasmiylari, Yevro-Atlantika xavfsizligiga jiddiy tahdiddir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG