Breaking News

Rossiya Grinpis faollarini avf etdi


Atrof-muhit himoya uchun kurashuvchi "Greenpeace" tashkiloti faollari, britaniyalik Filipp Boll, finlyandiyalik Sini Saarela va britaniyalik Aleksandra Xarris Rossiyadan ketishga ruxsat olganidan xursand. Sankt-Peterburg, 26-dekabr, 2013-yil.
Atrof-muhit himoya uchun kurashuvchi "Greenpeace" tashkiloti faollari, britaniyalik Filipp Boll, finlyandiyalik Sini Saarela va britaniyalik Aleksandra Xarris Rossiyadan ketishga ruxsat olganidan xursand. Sankt-Peterburg, 26-dekabr, 2013-yil.
Greenpeace tashkilotining olti faoli – besh ingliz va kanadalik - Rossiya tomonidan avf etilib, vataniga qaytmoqda.

Guruh sentabrda Arktikada Rossiyaga qarashli neft platformasida namoyish qilishga uringani uchun hibsga olinib, bezorilikda ayblangan edi. Ikki oy qamoqda o’tirgan faollar amnistiya tushgan.

Rossiya hukumati kuzdagi bu namoyish ketidan jami 30 odamni ushlagan. Qolgani ham yaqin kunlarda ozodlikka chiqishi kutilayapti.

Xalqaro hamjamiyatning bosimi ostida Rossiya rasmiylari faollarga qo’yilgan ayblovlarni bekor qilgani aytiladi.

Tahlilchilar fikricha, Moskva shu tariqa fevralda Sochida o’tishi rejalangan Olimpiya o’yinlari oldidan nomini oqlamoqchi.

O’tgan hafta tadbirkor, soliq to’lashdan bo’yin tovlaganlikda ayblangan Mixail Xodorkovskiy salkam 10 yillik hibsdan so’ng ozod qilindi.

Pussy Riot ansamblining bezorilikda aybdor topilgan ikki vakilasi ham kuni-kecha qamoqda qo’yib yuborildi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG