Breaking News

Rossiyada mustaqil matbuotga bosim kuchaygan


Rossiyada mustaqil matbuot kuchli bosim bilan yuzlashmoqda. Ulardan biri “Dojd” telekanali bo’lib, hukumat uni “xorijiy agentlar” ro’yxatiga qo’shgan. Bunga kanalning “xorijiy agent” deb topilgan boshqa matbuot vositasi materiallaridan foydalangani sabab bo’ldi.

Xalqaro hayot – 3-noyabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:01 0:00

Stansiya muharriri Tixon Dzyadkoning aytishicha, yangi qonun matbuot erkinligiga qarshi qaratilgan.

“Bu kamsituvchi, fashist qonun bo’lib, odamlarni “to’g’rilar” va “noto’g’rilar”ga bo’ladi va u shunday yozilganki, har qanday odam “xorijiy agent” deb topilishi mumkin”, - deydi bosh muharrir.

Bunday toifaga tushgan matbuot organi har bir materialining tepasiga mahsulot “xorijiy agent” tomonidan tayyorlangani haqidagi ilovani qo’shib qo’yishi shart. Kuzatuvchilarga ko’ra, bu o’quvchi yoki tomoshabinni cho’chitishga qaratilgan.

“Barcha avtoritar rejimlar bir-biriga o’xshab ketadi. Hammasi muxolif qarashlarni, haqiqatni so’zlamoqchi bo’lgan odamlarni bostiradi”, - deydi Saxarov nomidagi markaz direktori Sergey Lukashevskiy.

Kremlga ko’ra, Rossiyaning xorijiy agentlarga doir qonuni AQShning rus matbuoti faoliyatini cheklovchi siyosatini aks ettiradi.

“Bu qonunni biz o’ylab topganimiz yo’q. Uni Amerikada 1930-yillarda yaratishgan va o’shandan beri qo’llaniladi, ayniqsa rus matbuotiga qarshi”, - dedi Vladimir Putin.

Rossiya hukumatining erkin matbuotga bosimi fonida muxolif “Novaya Gazeta” nashrining bosh muharriri Dmitriy Muratovga Tinchlik uchun Nobel mukofotinining berilishi rus mustaqil jurnalistikasining xalqaro e’tirofi sifatida muxolif faollar tomonidan olqishlandi.

“Muratov salkam 30 yil davomida demokratiyaning ayni tamoyillarini himoya qilib keldi, o’tmishimizga tanqidiy va oqilona yondashib keldi”, - deydi tarixchi professor Andrey Zubov.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG