Breaking News

Rossiyaga qo'shni davlatlar NATOdan harbiy yordam kutmoqda


Polshada o'tgan NATO harbiy mashg'ulotlaridan, 18-iyun, 2015-yil
Polshada o'tgan NATO harbiy mashg'ulotlaridan, 18-iyun, 2015-yil

Rossiyaning hujumidan xavotirlangan qo’shni davlatlar NATOga harbiy yordam so’rab murojaat qilmoqda. Natijada NATO va Rossiya o’rtasida ziddiyatlar tobora chuqurlashib bormoqda.

Sharqiy Yevropa va NATO, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:02 0:00
Yuklab oling

Polsha rahbari Andrey Duda prezidentlik qasamyodini keltirishi bilan u va sharqiy Yevropaning boshqa mamlakatlari yetakchilari Rossiya tahdidiga qarshi NATOdan doimiy a’zolikka qabul qilishni so’ramoqda. “Chatham House” tadqiqotchisi Kir Jilesning aytishicha, xavotirlarda asos bor.

“Yevropada sharqqa qarab yursangiz, Rossiyadan qo’rqish yanada kattaroq ekanini va ularning xavotirlari va muammolari aniqroq va jiddiyroq ekanini ko’rasiz”, - deydi u.

Polsha Rossiyaning eng harbiylashgan Kaliningrad shahri bilan chegaradosh. Mokva NATOning Polshada doimiy bazaga ega bo’lishini agressiya sifatida ko’rishi mumkin.

Jiles nazarida Rossiyaning Ukrainada sodir etgan harakatlari sobiq sovet davlatlarida xavotir uyg’otishi tabiiy.

“Bu yangilik emas. Polsha va Boltiqbo’yi davlatlari anchadan beri bu haqda gapirib kelayotgan edi. Ukraina inqirozi oldidan ular NATO va hatto Yevropa ichida Rossiya bo’yicha vahimachilar sifatida ko’rib kelingan. Endi ularning haq ekani isbotlandi”, - deydi u.

2014-yildan beri Rossiya harbiy samolyotlari qo’shnilarning havo hududiga tez-tez kiradigan bo’lib qoldi. Sovuq urush davridan beri bunaqasi kuzatilmagan, deydi tahlilchilar. Jiles fikricha, Kreml boy berilgan global nufuzini qayta tiklashga urinmoqda.

“Chunki Rossiyada ayrim Boltiqbo’yi davlatlari va sobiq sovet hududlari Rossiyaga qarashli, degan gaplar tez-tez takrorlanmoqda. Buni Putinning o’zi ham aytgan. O’tgan yetti yilda Rossiya chegaralarni qayta belgilash uchun qo’shnilariga qarshi harbiy kuch ishlatishga qodirligini ikki marta namoyish qildi”, - deydi ekspert.

Boltiqbo’yi davltlari xavotiri shuki, Kreml rusiyzabon aholini himoya qilish vaji bilan bu yerlarga qo’shin kiritishi mumkin.

Iyun oyida NATO Rossiya tahdidiga uchrayotgan a’zolarini qattiq himoya qilishini ta’kidladi.

“Yashirin maqsadlarimiz yoki Kremlga qarshi kayfiyatimiz yo’q. NATO davlatlari Rossiya harakatlari ortidan yuzaga kelgan xavfsizlik muammolariga javob qaytarishi kerak”, - deydi harbiy blokning Moskvadagi sobiq xodimi Robert Pashtel.

Ukraina inqirozi boshlangandan beri rus matbuoti NATOni Rossiyani o’rab olayotganlikda ayblamoqda. NATOning oxirgi o’n yildagi eng yirik harbiy mashg’ulotlari oktabr oyida boshlanadi. Unda 30 davlatdan 36 ming askar ishtirok etadi. Mashg’ulotlarga Rossiya ham taklif etilgan.

AQSh harbiylari Sharqiy Yevropa bo'ylab...
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:08 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG