Breaking News

Turkiya NATO favqulodda majlisini chaqirdi


Diyorbakir, Turkiya
Diyorbakir, Turkiya

Turkiya Suriyada "Islomiy davlat" hamda Iroqda kurd jangarilarini aviatsiya va artilleriyadan o'qqa tutar ekan, Anqara iltimosiga ko'ra NATO favqulodda majlis o'tkazadi. AQSh Turkiyaning bu harakatlarini himoya qilib, Anqara terrorchilarni nishonga olayotganini bildirmoqda.

Shanba oqshom Turkiyaning asosan kurdlar yashaydigan Diyorbakir viloyatida mashinaga o'rnatilgan bomba portlab, ikki harbiy o'lgan, to'rt nafari jarohat olgan. Bundan bir kun oldin turk jangovar samolyotlari Suriyada "Islomiy davlat" lagerlarini hamda Iroq shimolida Turkiyada man qilingan Kurdiston ishchilar partiyasi pozitsiyalarini nishonga oldi.

Anqara Kurdiston ishchilar partiyasi bilan 2013-yilda sulh tuzgan edi, biroq juma kungi hujumdan so'ng sulh ma'nosini yo'qotdi, deydi jangarilar. Hukumat esa kurdlarni hafta boshida ikki politsiyachini o'ldirganlikda ayblamoqda.

O'tgan dushanba kuni Suruch shahridagi terror xurujida 32 odam nobud bo'ldi. Politsiya mamlakat bo'ylab reydlar o'tkazib, "Islomiy davlat"ga aloqadorlik gumoni bilan 250 kishini hibsga olgan.

NATO majlisi ertaga o'tkaziladi.

Turkiya nishoniga tushgan kurdlar va "Islomiy davlat" o'zaro ham jang qilmoqda. Kurdlar Turkiya hukumatini "Islomiy davlat"ni qo'llab-quvvatlayotganlikda ayblamoqda.

AQSh Prezidenti Barak Obamaning aytishicha, Turkiyaning "Islomiy davlat"ga qarshi harbiy kampaniya boshlagani jangarilarni zaiflashtirishi aniq.

Qo'shma Shtatlar yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari ham Iroq va Suriyada "Islomiy davlat"ni havodan nishonga olib keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG