Breaking News

Turkiya qo'shni Suriyada jangarilarni bombardimon qildi


Kilis, Turkiya-Suriya chegarasi
Kilis, Turkiya-Suriya chegarasi

Turkiya armiyasi Suriyada "Islomiy davlat" jangari guruhining manzillarini bombardimon qilgan. Mamlakat shu tariqa ekstremist guruhga qarshi kurashga chuqurroq kirdi.

F-16 rusumli uch qiruvchi samolyot bugun ertalab chegarani kesib, Kilis viloyati chekkalariga o'q yog'dirgan.

Bosh vazir Dovuto'g'li Turkiyaga qilingan hujumlar jazosiz qolmaydi, deydi. Dushanba kuni Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh Suruch shahridagi portlashda 32 odam, asosan, yoshlar halok bo'lgan edi. Bunda "Islomiy davlat" to'dasi ayblandi.

Eslatish kerak, Anqara Suriyadagi manzillarni birinchi bor o'qqa tutishi.

Bundan tashqari, bugun Turkiya hukumati mamlakat bo'ylab "Islomiy davlat" va kurd jangarilari manzillarida o'tkazilgan reydlarda 251 odamni ushlagan.

Shuningdek, Turkiya shu hafta Amerikaga o'zining Injirlik harbiy havo bazasidan "Islomiy davlat"ga qarshi hujumlarda foydalanishga ruxsat bergani haqida xabarlar bor. Turkiya va Amerika hali bitimni rasman rasdiqlagani yo'q.

Baza Suriyaning Raqqa shahri, jangarilar qarorgohidan 400 kilometr uzoqda. Hozir Amerika Iroqdan turib, 1900 kilometr yo'l bosib Suriyada amaliyotlar o'tkazadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG