Breaking News

Rossiyada isyonkor fikr, ko`pfuqarolik iskanjada


Rossiyada isyonkor fikr, ko'pfuqarolik-Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:01 0:00
Yuklab oling

Qrimdagi tanazzul ortidan Rossiya Sovet ittifoqini tiklamoqchi degan xavotir kuchaygan.

Moskva Davlat xalqaro aloqalar instituti olimi, tarixchi professor Andrey Zubov matbuotda Vladimir Putinning Ukrainadagi harakatlarini Adolf Gitlerning faoliyati bilan qiyoslagani uchun ishdan haydaldi.

“Sovet ittifoqi o’tmishda qoldi-ku, bir sinaychi dedim. Qanchalik o’sha o’tmishdan uzoqlashdik ekan, deb shu maqolani yozdim. Birinchidan, jamoatchilikka yetkazadigan fikrim bor edi, ikkinchidan, sinov edi”.

Zubovning ishdan bo’shatilishi, “Дождь’” va Lenta.ru kabi axborot vositalariga hujumlar hukumat erkin fikr va isyonga toqat qilmay qo’yganidan dalolat beradi. Bu esa sovet davrlarini eslatadi.

Karnegi markazidan Masha Lipman nazarida bugungi Rossiya va sovet tuzumi o’rtasida farq sezilarli, ayniqsa, mafkura bobida.

“Sotsialist, kommunist degan tushunchalar kuchli edi. Sovetlar davrida G’arb qadriyatlaridan tubdan farq qiluvchi sistema bor edi”, - deydi Lipman.

G’arb hanuz asosiy raqib deya ko’riladi. Rossiya parlamentida ikki fuqaroligini yashirgan odamlarga jinoiy jazo berishga doir loyiha muhokamada. Putin bu masalada qat’iy.

“Rossiyada kim yashayotganini bilishga, nima niyatda ekanini bilishga haqlimiz. Ikki fuqarolik ham qayd qilib borilishi kerak”, - deydi Rossiya rahbari.

Zubov Kremlning bu xatti-harakatlarini oddiy izohlaydi:

“O’rta va keksa yoshdagi aholi sovetcha tamoyillarga o’rgangan. Va aksincha, ular uchun yangicha fikrlar g’ayritabiiy”.

Fuqarolik haqidagi qonun loyihasi Ukraina va Rossiya fuqaroligi bor odamlarga qaratilgan. Shu bilan birga, Karnegi markazidan Masha Lipman fikricha, Kreml sovetcha internatsionalizmdan yiroqlashmoqda.

“Qrimdagi voqealardan xulosa qilsak, Putin va Rossiya bir millatni ustun qo’yish siyosatiga yon bosayapti”, - deydi mutaxassis.

Muayyan elatni ustun bilishga moyillik Rossiya uchun xavf tug’dirishi mumkin. Davlat o’tmishda bo’lgani kabi bugun ham ko’pmillatli.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG