Rossiyada podsho ag’darilib, bolsheviklar inqilob qilganiga bu yil bir asr to’ladi. Kommunizmga asoslangan yangi tuzum, Sovet Ittifoqi 70 yilga yaqin hukmronlik qilib, 1991-yilda tarqab ketdi. Rossiyada hamon imperiya orzusi va monarxiya nashidasi bilan yashayotganlar ko’p.