Ayrim tahlilchilar G’arbning Ukraina sabab Moskvaga nisbatan qo’llayotgan sanksiyalari Rossiyaning yaqin hamkorlari, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy va siyosiy salohiyatiga putur yetkazishi ehtimolidan tashvishda.
Ushbu xavotirlar naqadar o’rinli va Moskvaga qo’yilayotgan jazo choralari mintaqa hayotiga qanday ta’sir qilishi mumkin?
“Amerika Ovozi” bu borada iqtisodchi olim Alisher Yusupov bilan suhbatlashdi.
“Yevropa Ittifoqi hamda Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan Rossiyaga nisbatan hozirda qo’llanilayotgan sanksiyalar O’rta Osiyo davlatlari, xususan Qirg’izistonga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Chunki hozircha jazo tadbirlari asosan Kremlga yaqin arboblar hamda biznes guruhlar manfaatlarini cheklaydi. Ammo sanksiyalar chuqurlashib, ro’yxatga neft-gaz, moliya, qurilish kabi boshqa sohalar kiritiladigan bo’lsa, unda bizning mintaqaga ham salbiy ta’sir bo’lishi ehtimol”, - deydi u.
Ma’lumki, Rossiya va Markaziy Osiyo o’lkalarining iqtisodiyoti avvaldan tig’iz bog’langan. Aytaylik, hozirda Qirg’izistonning suv energetikasi hamda tabiiy gaz yetkazib berish sohasi, qurolli kuchlarni modernizatsiyalash va boshqa tarmoqlarga Moskva yirik sarmoyalar kiritmoqda.
Qozog’iston nefti Yevropaga aynan Rossiya hududi orqali yetkaziladi. Mahalliy tahlilchilar G’arb sanksiyalari kengaytirilgan taqdirda mazkur loyihalar ziyon ko’rishi ehtimolini aytadi.
“Nazarimda, Amerika xohlagan taqdirda ham Yevropa Ittifoqi bunday qadamga bormasa kerak, chunki hozirgi globallashgan sharoitda Rossiya neft-gaz “igna” sida o’tirgani kabi, Yevropa ham xuddi shunday rus “igna” sida o’tiribdi”, - deydi Alisher Yusupov.
Ukrainadagi krizisga qadar ham rus rubli, uning ketidan qozoq tengesi, keyin qirg’iz so’mi sezilarli darajada qadrsizlangan edi. Yusupov bu ko’rinishni dunyo iqtisodiyotidagi tendensiyalar va iqtisodiy konyunktura bilan bog’laydi.
“Ayni paytda Rossiyaga nisbatan sanksiyalar kuchaytirilsa, ko’p narsalar, jumladan, Rossiya iqtisodiyoti bilan tig’iz bog’langan o’lkalar milliy valyutalari uchun ham noqulay holatlar tug’iladi”, - deydi suhbatdosh.
Rossiya iqtisodiyoti bilan keng bog’langan ekonomikalar, birinchi navbatda Boj ittifoqiga kirgan va kirishga hozirlik ko’rayotgan mamlakatlar, ehtimoliy xavf-xatarlarning oldini olish uchun nima qilishi mumkin?
Suhbatdosh nazarida, ushbu masalalar Boj ittifoqi hamda Mustaqil davlatlar hamdo’stligining oliy tizimlarida muhokama qilinishi mumkin. Agar Moskva ushbu tizimlarda qo’llab-quvvatlanishga erishsa, bu hol AQSh hamda Yevropa Ittifoqi uchun o’ziga xos bir signal bo’ladi.
“Mintaqa mamlakatlariga kelsak, ular ko’p yo’nalishli siyosat olib borishi lozim. Aytaylik, sharqda hali bizlar uchun to’la ochilmagan iqtisodiyotlar – Xitoy, Hindiston, Singapur, Malayziya va boshqalar bor. Shu yo’l bilan boshqa tomonlardan bizga yetishi ehtimol xavf-ziyonlarni foyda bilan qoplash, muvozanatlash mumkin”, - deydi o’shlik iqtisodchi olim Alisher Yusupov.
Umuman, odatda G’arb tomonidan turli mamlakatlarga nisbatan bot-bot qo’llanilayotgan sanksiyalar samarasiga kelsak, suhbatdosh fikricha, bunday jazo choralaridan oddiy odamlar va xalqlar jabr tortmasligi kerak.