Edvard Snoudenning advokatlari so’zlariga ko’ra, AQSh Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Rossiya fuqaroligini so’rashi ehtimoldan xoli emas.
30 yoshli Snouden to’rt haftadan beri Moskvadagi aeroportdan chiqa olmayapti.
U Rossiyadan vaqtincha boshpana so’rab murojaat qilgan, keyinroq Lotin Amerikasiga jo’nab ketishi taxmin qilingan edi. Ammo advokat Anatoliy Kucherena-ning aytishicha, Snouden rus fuqaroligiga qiziqish bildirmoqda.
Qo’shma Shtatlar kompyuterchi vataniga ekstraditsiya qilinishini talab qiladi.
Hukumatning maxfiy kuzatuv programmasi haqida dunyoni ogoh qilgan bu shaxs AQShda josuslikda ayblanayapti, uning pasporti bekor qilingan.
Rossiya Snoudenni AQSh adliyasiga topshirmoqchi emas, ammo prezident Vladimir Putinning aytishicha, Kreml va Vashington aloqalari ushbu mojarodan muhimroq.
“Butun boshli mamlakatlarning aloqalari maxfiy xizmatlarning faoliyatiga doir tortishuvlardan bir necha karra zarur, ahamiyatli”, - deydi Putin.
Snoudenga Venesuela, Boliviya va Nikaragua boshpana taklif qilgan.