Breaking News

Rossiya Pridnestrovye himoyasiga otlandi


Pridnestrovye Rossiya himoyasiga olindi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:35 0:00
Moldova va Ukraina Yevropa Ittifoqiga qo’shilish hakaratida qat’iy ko’rinadi. Ammo ularning o’rtasida joylashgan Pridnestrovye bu yo’ldan yurmoqchi emas.

Bu yer xuddi Rossiyaga o’xshaydi. Mahalliy qonun chiqaruvchi organ binosi oldida Lenin haykali qad ko’targan. Bayroq ham sovetlar davrini eslatadi. Asosiy maydonni esa chor Rossiyasiga mansub general haykali bezagan.

O’tgan oy rus pravoslav cherkovi patriarxi Kirill Pridnestrovyega tashrif buyurganida rasman dam olish kuni e’lon qilindi.

Mahalliy aroq shishasidagi xaritada ko’rsatilganidek, Pridnestrovye o’lkasi Moldova va Ukraina o’rtasida joylashgan ingichka yer bo’lagidan iborat.

Moldova Bosh vaziri Yuriye Lyanke uni noqonuniy ravishda ajrab chiqqan hudud deb hisoblaydi.

“Afsuski, biz hanuz shu nizo bilan yuzlashib turibmiz. Bundan aslo mamnun emasmiz. U vujudimizda hanuz qonab turgan bir jarohatga o’xshaydi”, - deydi u.

Pridnestrovyening rusiyzabon aholisi rumin tilida so’zlashuvchi Moldovadan mustaqillikni kurash yo’li bilan qo’lga kiritganini aytadi.

Sobiq Tashqi ishlar vaziri Vladimir Yastrebchak bu ishda ko’mak bergani uchun Kremldan minnatdormiz, deydi.

“20 yildan ziyod Rossiya federatsiyasi bizning asosiy strategik hamkorimiz. Ya’ni Pridnestrovye mustaqil bo’lgandan beri biz birgamiz”, - deydi u.

Yaqinda o’lkaga tashrif buyurgan Rossiya Bosh vaziri o’rinbosari Rossiya kuchlari Pridnestrovye mustaqilligini kafolatlaydi, deb va’da berdi.

“Agar Moldova Pridnestrovye bilan maslahatlashmay bunday muhim qaror qabul qilsa, katta xavf tug’iladi. Buning oqibati yaxshi bo’lmaydi. Biz shuning uchun Pridnestrovyeda tinchlikparvar kuchlarni saqlab turibmiz”, - dedi Rossiya rasmiysi Dmitriy Rogozin.

Moskva noyabr oyida Litvaning Vilnyus shahrida bo’lib o’tadigan yig’inda Moldova va Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo’shilish harakatini boshlashidan xavotirda. Pridnestrovyelik jurnalist Ernest Vardenyan buning o’z mamlakatiga ta’sirini shunday tushuntiradi:

“Agar Ukraina Vilnyusda qo’shilish bitimlarini imzolasa va uning ketidan Moldova ham ergashsa, Pridnestrovye ko’p muammolarga yuz tutadi. Chunki u bosim ostida qoladi. Ikki Yevropa davlati orasida siqib qo’yiladi”, - deydi u.

Sovet Ittifoqi qulaganidan beri Pridnestrovyening ishga yaroqli aholisining qariyb yarmi ishlash uchun Rossiyaga yoki G’arbga ketgan.

Moldova bosh vaziriga ko’ra, taraqqiyot va yangi ish o’rinlari Dnestr daryosining har ikki tomonida joylashgan o’lkalarni bir kun kelib birlashtiradi.

“Dnestr daryosining chap sohilida yashayotganlarga barcha uchun foydali siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy tizim yarata olishimizni ko’rsatishimiz kerak. Bir necha yil muqaddam daryoning o’ng tomonidagi yo’llar ham chap tomondagidek yomon edi. Har ikki tarafda migratsiya darajasi yuqori, sog’liqni saqlash tizimi abgor holatda edi”, - deydi Moldova bosh vaziri.

Ammo hozircha Prednestrovye aholisi Rossiyaning Markaziy Yevropada boy berilgan koloniyasi sifatida kechirayotgan hayotlaridan mamnun ko’rinadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG