Rossiya Suriya hukumatini muxolifat bilan muzokara o’tkazish va’dasiga amal qilishga undayapti. Moskva shu tariqa 21 oylik fuqaro urushini tugatish yo’llarini izlamoqda.
Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hafta boshida Suriya rasmiylari bilan ko’rishib, murosaga ochiq ekanini namoyish etish zaruratini eslatgan. Rossiya prezident Bashar al-Assadning sodiq himoyachilaridan.
BMT Xavfsizlik Kengashida Rossiya Suriya hukumatiga qarshi barcha rezolyutsiyalarga qarshi ovoz bergan. Prezident Vladimir Putinning ta'kidlashicha, qaysi rahbar hokimiyatda qolish-qolmasligi Xavfsizlik Kengashi hal qiladigan masala emas.
Lekin Kreml 45 ming odamning yostig’ini quritgan bu mojaroda hukumat rolidan norozi ekanini tobora ochiq gapirmoqda. Tashqi ishlar vaziri muovini Mixail Bogdanovning aytishicha, Moskva Suriyaning surgundagi muxolifatini muzokaraga taklif qilgan.
Suriya oppozitsion guruhlaridan iborat koalitsiya, Milliy Kengash urushga nuqta qo'yadigan har qanday rejani qabul qilishga tayyor ekanini bildiryapti. Shart shuki, prezident Bashar al-Assad va unga yaqin odamlarga muzokarada joy yo'q.
Milliy Kengash yetakchisi Muaz al-Xatib Moskvaga safar qilishdan oldin Kreml Assadni qo'llagani uchun bizdan kechirim so'rasin, deydi.
BMT va Arab Ligasi elchisi Laxdar Braximiy ertaga Rossiyaga safar qilishi kutilmoqda. U Suriyada saylovlar o’tguniga qadar muvaqqat hukumat tuzishni taklif qilmoqda.
Bu orada, Turkiya nohukumat tashkilotlari suriyalik qochqinlarga ko’mak ko’rsatish uchun kampaniya boshladi. Mahalliy matbuotga ko’ra, qariyb 200 tashkilot bu loyihaga homiylik qilmoqda.
Turkiya Bosh vaziri o’rinbosari Beshir Atali so’zlariga ko’ra, hukumat ham chetda qarab turmaydi.
“Kampaniya faqat bir maqsadni ko’zlaydi, u ham bo’lsa og’ir sharoitda kun kechirayotgan suriyalik birodarlarga yordam qo’lini uzatishdir. Sir emaski, kundalik hayot uchun zarur eng oddiy buyumlar qochqinlar uchun hayot-mamot masalasiga aylangan”, - deydi rasmiy.
Turkiya Qizil Yarim oy jamiyati rahbari Ahmet Lutfiy Akar loyiha muvaffaqiyatli ravishda amalga oshiriladi deya ishonch bildirmoqda.
Uning aytishicha, Turkiyada boshpana topgan 145 mingdan ziyod suriyalikka oziq-ovqat, dori-darmon va adyollar tarqatiladi.
Bugun tunda Suriyada armiya va isyonchilar o’rtasida janglar yana avj oldi. Faollarning aytishicha, poytaxt Damashqning Assal al-Vard tumani havodan bombardimon qilinmoqda. Bir kishi o’lgan, o’nlab odam yaralangan.
Suriya-Iordaniya chegarasiga yaqin hududlarda ham otishma quloqqa chalinadi.