Kremlning bildirishicha, amerikaliklarga Rossiyadan bola boqib olish imkoniyatini beruvchi qonun 2014-yil boshigacha amalda qoladi.
Lekin yaqinda buni man etuvchi yangi qonun qabul qilingan. Prezident Vladimir Putinning idorasi bu borada aniq bayonot bermagan. Shunisi ayonki, mavjud qonunni bekor qilishga bel bog'lagan tomon narigi tarafni bu borada ogohlantirgach, bir yil vaqt beriladi.
Ayni damda 46 rus bolasi Amerikaga jo'natilishni kutib o'tiribdi. Oilalar sarosimada.
O'tgan oy Putin AQShga bola bermaslik haqidagi qonunga imzo chekkan. Vashington Kremlni inson huquqlarini muntazam ravishda poymol etganlikda ayblab, qonun qabul qilgach, Rossiya parlamenti yuqoridagi kabi chora ko'rishga azm etdi.
AQSh qonuniga ko'ra, huquqni buzishda gumon qilingan rus rasmiylariga viza berilmaydi va ularga moliyaviy cheklovlar qo'yiladi.
Hujjatga Sergey Magnitskiy, korrupsiyaga qarshi kurashib qamoqqa tushgan va 2009-yilda u yerda vafot etgan advokat nomi berilgan. Magnitskiy soliq to'lashni xohlamay davlatni aldab kelayotgan rasmiylarning ketiga tushgan, deydi uning tarafdorlari.