Rossiyaning Jahon Savdo Tashkilotiga a'zolik yo'lidagi so'nggi to'siq olib tashlandi. Gruziya Shveysariya vositachiligida Rossiya bilan bitimga kelishilib, uning tashkilotga kirishiga halaqit bermaydigan bo'ldi.
Guruh a'zosi bo'lish uchun tarkibidagi barcha 153 davlat rozilik berishi lozim. Bir mamlakat qarshi bo'lsa ham nomzod qabul qilinmaydi. Ma'lumki, 2008-yilda Rossiya Gruziyaga qarshi urush qilganidan beri ikki tomon munosabatlari sovuq.
O'zaro erishilgan bitimga ko'ra, Rossiya o'z savdosi hamda Gruziyadan ajralgan bo'lginchi Janubiy Osetiya va Abxaziya savdo munosabatlariga doir ma'lumotni rasmiy Tbilisidan sir saqlamaydi. Rossiya yil oxirigacha Jahon Savdo Tashkilotiga kirishi kutilmoqda.