Breaking News

Rossiya faqat o'zini aldamoqda, deydi AQShning BMTdagi elchisi


Samanta Pauer, AQShning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi elchisi
Samanta Pauer, AQShning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi elchisi

Rossiya Ukrainadagi separatist kuchlarga qurol uzatib, ularni quvvatlashda davom etayotganini tan olmayapti. AQShning BMTdagi elchisi Samanta Pauerning aytishicha, Kreml dunyo ahlini aldab kelmoqda va Ukraina tinchligini buzmoqda.

AQShning BMTdagi elchisi: Rossiya bizni laqillata olmaydi - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:00 0:00
Yuklab oling

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi sessiyasi achchiq so’zlar minbari.

Deyarli har bir yig'inda Amerikaning BMTdagi elchisi Samanta Pauer Kremlni so’kadi.

Xalqaro hamjamiyat Rossiyaning yolg’onlariga ortiq toqat qilmasligi kerak; Kreml o’zini e’shitmaganga olmasin, deydi diplomat.

“Gapimizni eshitmay, dunyo ahlining talablariga quloq solmay va xalqaro tizim hamda qonunlarni buzgan holda, Rossiya qaysi bet bilan har safar oldimizga chiqib, yolg’onlarni yog’diradi, haqiqatni tan olmaydi. Bu manipulyatsiya, kengashdagi o’rnini suiiste’mol qilish. To’g’ridan to’g’ri aldaydi, bizni laqillatishga urinadi. Rossiyani gaplari uchun emas, qilmishlari uchun javobgarlikka tutamiz”,- deydi Pauer xonim.

Rossiya rahbari Vladimir Putin Ukraina prezidenti Petro Poroshenko bilan uchrashgan paytda sun’iy yo’ldosh tasvirga tushirgan videoda rus jangovar kuchlari Donetskda yurganini ko’rish mumkin edi. Shuningdek, Rossiya askarlari Luganskda qo’lga tushgan, deydi AQSh elchisi.

“Rossiyaning javobi shuki, bu askarlar Ukraina hududiga bilmay kirib qolgan. Qarang-a, mojaro maydoniga shunday qaltis bir paytda, chegaralar bu qadar yaqindan kuzatilayotgan paytda-ya”.

“Bu orada Rossiyada oilalar Ukrainadagi urushda o’lgan yaqinlarini ko’mmoqda, ularga aza tutmoqda”, - deydi AQSh diplomati.

“Rossiya hukumati esa askarlari Ukrainaga qadam bosmaganini da’vo qilmoqda. Qrimga ham hech qachon kirmaganmiz, deydi. Rossiya Qrimga qadam bosmadik deb turib uni o’ziga qo’shib oldi”.

“Rossiyaning qilmishlari oydek ravshan”,- deydi Samanta Pauer.

“Suveren davlatdagi jinoiy separatist kuchlarni quvvatlash va ular bilan yonma-yon jang qilish orqali o’zga mamlakatning tinchligini buzayapti. Qo’shma Shtatlar va uning hamkorlari Rossiyaga bosimni davom ettiradi va muayyan choralar ko’radi. Rossiya bugungi yo’lidan qaytishi shart”, - deydi AQSh diplomati.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG