Ukrainada 600 dan ziyod rossiyalik urush jinoyatlarida gumon qilinmoqda. 80 kishiga nisbatan jinoiy sudlov allaqachon boshlangan, jumladan harbiylar, siyosatchilar va propaganda agentlariga, deydi Bosh prokuror Irina Venediktova.
Uning tasdiqlashicha, Estoniya, Latviya, Slovakiya, Litva va Polsha tekshiruv va tergov ishlarida yordamlashmoqda.
Xalqaro jinoiy sud ham bu borada Ukraina bilan hamkorlikda qilayapti. Jarayonlar mart oyida boshlangan.
Gaagada joylashgan sud mustaqil xalqaro organ bo'lib, unga 123 davlat a'zo. Rossiya va Ukraina ular orasida emas. Bu davlatlar sud nizomini imzolagan, ammo ratifikatsiya qilmagan.
O'tgan yillarda sud va Ukraina orasida professional aloqa va hamjihatlik shakllangan, deydi ekspertlar. Kiyev urush boshlanganidan beri Gaaga bilan yaqindan ishlamoqda.
"Har bir detal to'g'ri yo'l bilan yig'ilishi va himoya qilinishi zarur. Har qanday sudda isbot-dalillar qabul qilinadigan holatda bo'lishi lozim", - deydi bosh prokuror.
24-fevral kuni Ukrainaga bostirib kirgan Rossiya urushda fuqarolar nishonga olinmayapti, deya bong urib keladi.
Ammo, deydi Ukraina harbiylari, Rossiya kuchlari buning aksini har kuni har soatda qilmoqda, shaharlar va qishloqlarda. Hozirda mamlakat sharqi asosiy jang maydoni.
Kiyev Kremlni qatliomlar qilishga buyruq berganlikda ayblaydi. Norasida insonlarni qirish Ukrainani yo'q qilish harakatining katta qismi, deydi ukrain rasmiylari.
Prezident Volodimir Zelenskiy deydiki, Rossiya har bir qatliom, har bir urush jinoyati uchun javobgarlikka tutuladi. Moskva hali har bir vayrona uchun tovon to'laydi, deya ogohlantirmoqda u.
Kremlga ko'ra, Ukraina hukumati ayblovlari uydirma. Rossiya hukumati mojaroda shu kungacha hatto biror xato qilganini tan olmaydi.
Xalqaro jinoiy sud Ukraina harbiylari xatti-harakatlarini ham tekshirishini bildirgan.