Breaking News

Saudiya Arabistonida bloggerga 1000 qamchi urish jazosi o'z kuchida qoldi


Berlinda namoyishchilar Saudiya Arabistoni elchixonasi oldida blogger Raif Badaviyning suratini ko'tarib chiqdi, 29-yanvar, 2015-yil.
Berlinda namoyishchilar Saudiya Arabistoni elchixonasi oldida blogger Raif Badaviyning suratini ko'tarib chiqdi, 29-yanvar, 2015-yil.

Saudiya Arabistoni sudi islomni haqorat qilganlikda ayblangan bloggerga belgilangan 10 yillik qamoq va 1000 marta qamchilash jazosini o’z kuchida qoldirgan. Bu haqda mahkumning rafiqasi xabar berdi.

Xalqaro huquq tashkilotlari, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti noroziligiga qaramay, Raif Badaviy shu yil boshida 50 marta qamchilangan edi.

31 yoshli blogger uch farzandning otasi bo’lib, internetda yaratgan onlayn forumi dinni tahqilovchi va mamlakat xavfsizligiga tahdid soluvchi deb topilgan va 2012-yil hibsga olingan edi.

“Liberal saudiylar tarmog’i” sayti asoschilaridan biri Badaviyga 20 hafta davomida har hafta 50 qamchidan urish belgilangan. Dastlabki qamchilar ketidan uning sog’ligi og’irlashgan va qolgan jazo sessiyalari ortga surilgan.

Inson huquqlari bo’yicha BMT Oliy komissari Zeid Ra’d al-Hussaynning aytishicha, qamchilash “vahshiy va noinsoniy jazo” bo’lib, inson huquqlari bo’yicha xalqaro qonunlar, jumladan, Qiynoqqa qarshi konvensiya tomonidan taqiqlangan. Ushbu konvensiyani Saudiya Arabistoni 1997-yilda ratifikatsiya qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG