Breaking News

Dunyo shialari Saudiya Arabistonidan g'azabda


Dunyo musulmonlari Saudiya Arabistonidan g'azabda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:30 0:00
Saudiya Arabistonining so'nggi 30 yilda amalga oshirgan eng katta ommaviy qatli dunyo bo'ylab keskin noroziliklarga sabab bo'ldi.
47 kishi, jumladan, mashhur shia ulamosi Nimr al-Nimrning o'ldirilishi ortidan ko'plab musulmon o'lkalarda namoyishlar boshlanib ketdi. Eronda Saudiya Arabistoni diplomatik vakolatxonalariga hujumlar uyushtirildi.
Namoyishchilar zo'ravonlikni targ'ib qilganlikda ayblanib qatl etilgan shayx Nimr al-Nimrning suratlarini ko'tarib chiqdi. Taniqli shia ulamosi 2012-yil mamlakatda erkin saylovlarga chaqirib, norozilik aksiyasida qatnashgani uchun hibsga olingan edi. Uning o'ldirilishi, asosan, shialardan iborat Eron va Iroqni g'azablantirdi.
"Iroq xalqining har bir farzandi shayx Nimrning terrorchilar ro'yxatiga qo'shilganini keskin qoraladi", - deydi Bag'dod mahalliy kengashi a'zosi Fallah al-Jazoiriy.
Livandagi Hizbulloh jangari guruhi rahbari Hasan Nasrulloh televideniye orqali murojaatida Saudiya hukumatini tanqid ostiga oldi. Tomoshabinlar esa "Saudlar oilasiga o'lim', deya qichqirdi.
"Shayx Nimr al-Nimrning qatl etilishi saudiyaliklar qon va qilich, odamlarning boshini tanasidan juda qilish tarafdori ekanini ko'rsatdi. Ular islom dunyosi bilan, boshqa musulmon mazhablari, xalqaro hamjamiyat va qatlni to'xtatish haqida so'ragan, yalingan do'stlarining fikri bilan hisoblashmasligini namoyish qildi. Bu rejim bunday harakatlardan aziyat chekkan dunyodagi yuz millionlab musulmonlar his-tuyg'ulari bilan hisoblashmaydi", - dedi Hizbulloh yetakchisi.
Saudiya Arabistoni, asosan, sunniy musulmonlardan iborat bo'lib, qonunlari shariatga asoslangan. Shia yetakchilari xalqaro hamjamiyatdan Riyodni qoralashni so'radi.
"Biz BMTdan va dunyo bo'ylab barcha inson huquqlari tashkilotlaridan Saud oilasi zulmiga va shayx Nimr Baqir al-Nimrning qatliga keskin qarshi turishini so'raymiz. Agar dunyo hozir gapirmasa, yana qachon gapiradi?" - deydi Muhammad al-Bashiq ismli ruhoniy.
Cho'ldagi qirollik musulmon dunyosining eng muqaddas ikki shahri - Makka va Madinaga egalik qiladi. Dunyo bo'ylab bundan norozi musulmonlar ko'p.
"Al-Nimrning qatliga qarshi bugun biz namoyishga chiqib, Saudiya Arabistonidan muqaddas maskanlarni butun musulmon o'lkalariga topshirishni talab qilyapmiz. Ular muqaddas joylarga egalik qilishga arzimaydi. Hamma musulmon davlatlar bu shaharlarni birgalikda boshqarishi kerak", - deydi mahalliy shia yetakchisi, alloma Husayn Behishtiy.
Qatl etilganlarning aksariyati sunniy jangarilar va Saudiya Arabistoni fuqarolari bo'lgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG