Breaking News

Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarni uzdi


Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqani uzdi. Eronlik diplomatlarga mamlakatni tark etish uchun ikki kun muhlat berilgan.

Kuni-kecha Saudiya Arabistonida shia imomning qatl etilishi Eron tomonidan keskin tanqid qilingan edi. Namoyishchilar qirollikning Tehrondagi elchixonasiga bostirib kirib, binoga o't qo'ygan.

Eron oliy diniy rahnamosi Oyatulla Ali Xomeneiyning aytishicha, Saudiya Arabistoni shia ulamo Nimr al-Nimrni qatl etgani uchun ilohiy qarg'ishga uchraydi.

Al-Nimr qirollikda yashovchi oz sonli shialarning kamsitilishini ko'pdan beri tanqid qilib kelgan edi. Uning qatorida yana 46 kishi turli jinoyatlarda ayblanib, qatl etilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun ular ustidan sud xolis o'tganini shubha ostiga qo'yib, qatl jarayonini tanqid qildi, qirollikni o'lim jazosini bekor qilishga chaqirdi.

Shayx Nimr 2011-yilda qirollikda shialar namoyishlarini uyushtirganlikda, qirol oilasiga qarshi chiqqanlikda aybdor topilgan. Uning qatl etilishi mintaqada, ayniqsa shialar yashovchi hududlarda namoyishlarga turtki berdi.

Eronda namoyishchilar Saudiya Arabistoni elchixonasiga va Mashhad shahridagi konsullik idorasiga hujum qilib, binolarga o't qo'ygan. Kamida 40 kishi hibsda. Prezident Hasan Ruhoniy diplomatik idoraga hujumni ham, Riyod qarorini ham tanqid qildi.

Hindiston, Bahrayn va Livanda ham shia musulmonlar norozilik namoyishlari o'tkazdi. AQSh hukumatiga ko'ra, al-Nimrning o'limi mazhablararo ziddiyatlarni kuchaytiradi.

Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasiga o't qo'yilgan
Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasiga o't qo'yilgan

Britaniya
Britaniya

Bahrayn
Bahrayn

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG